Get Mystery Box with random crypto!

#Biz_bir_tan_bir_jonmiz Qoraqalpoq va o'zbek xalqi bir biriga | O’zMTDP Yoshlari🌱

#Biz_bir_tan_bir_jonmiz

Qoraqalpoq va o'zbek xalqi bir biriga chambarchas bog'langan, taqdiri bir xalqlardir.

Ko’pgina oilalarda bo’lganidek meni ko'p sonli oilamda ham o’zbek va qoraqalpoqlar et bilan tirnoqdek birikib ketgan.

Men doimo ikki buyuk xalqning farzandi ekanligimdan faxrlanganman. Ota-ona so'zi birga kelganidek, o'zbek-qoraqalpoq so'zlari ham men uchun ajralmas tushunchalardir.

Ona yurtimdan uzoqlarda qancha yutuqlarga erishgan bo'lsam, birov meni millatimni emas iqtidorim va bilimimni so’ragan.

Ikki xalqni urushtirishni maqsad qilgan buzg’unchilar aytganidek qoraqalpoqlar kamsitilganida men yuridika fanlari doktori va Yoshlar parlamentining spikeri bo’lib yurmas edim. Menga o’xshagan yuzlab qoraqalpoq yoshlari muvaffaqiyat bilan jonajon vatanimiz O’zbekistonda unib o’smoqdalar.

Prezidentimiz doim xalq fikriga, xalq irodasiga quloq solganlar. Kecha Joq’org’i Kengesde “Qoraqalpoq aholisi istamasa hech qanday o’zgarish bo’lmaydi” degan fikrlari ham aynan shuning isboti emasmi?

Qadrli tengdoshlarim, bizga tinchlik-hotirjamlik va taraqqiyot kerak.

Shiddatli raqobat maydoniga aylangan bugungi dunyoda birlashmagan qondoshlarni qadri yo’q bo’ladi.

Yirik davlatlar o’z maqsadlariga yetish uchun turli siyosiy nayranglar bilan, samimiy va sodda odamlardan quroldek foydalanmoqdalar.

Men ona va ota xalqlarim bo’lgan o’zbek va qaraqalpoq xalqlarining sochidan tola to’kilishiga rozi emasman. Birgalikda farovon kelajagimizni qurishimiz kerak.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi o’tgan yillar biz buni uddalay olishimizni ko’rsatmoqda. Har xil ig'vogarlarga uchmang! Biz bir tan-u bir jonmiz, buni o'zgartirishga hech kimning kuchi yetmaydi.

@joldasova_shaxnoza