Get Mystery Box with random crypto!

Biz bir tanu bir jonmiz O‘zbek va qoraqalpoq bir-biriga chamb | O’zMTDP Yoshlari🌱

Biz bir tanu bir jonmiz

O‘zbek va qoraqalpoq bir-biriga chambarchas bog‘langan, taqdiri bir xalqlardir. Ota-ona so‘zi birga kelganidek, o‘zbek-qoraqalpoq so‘zlarini ajratib bo‘lmaydi.

Ona yurtimdan uzoqlarda qancha yutuqlarga erishgan bo‘lsam, birov mening millatimni emas, iqtidorim va bilimimni so‘ragan.

Agar ikki xalqning do‘stligiga rahna solgan buzg‘unchilar aytganidek, qoraqalpoqlar kamsitilganida edi, men yuridik fanlari doktori va Yoshlar parlamentining Spikeri bo‘lib yurmas edim. Menga o‘xshagan yuzlab qoraqalpoq yoshlari muvaffaqiyat bilan jonajon Vatanimiz O‘zbekistonda unib o‘smoqdalar.

Prezidentimiz doimo xalq fikriga, xalq irodasiga quloq solganlar. Kuni kecha Jo'qorg‘i Kengesde “Qoraqalpoq aholisi istamasa hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi” degan fikrlari ham aynan shuning isboti emasmi?

Qadrli tengdoshlarim,
bizga tinchlik, xotirjamlik va taraqqiyot kerak. Shiddatli raqobat maydoniga aylangan bugungi dunyoda birlashmagan qondoshlarning qadri yo‘q bo‘ladi. Yirik davlatlar o‘z maqsadlariga yetish uchun turli siyosiy o‘yinlari bilan samimiy va sodda odamlardan foydalanmoqdalar.

Men ona va ota xalqlarim bo‘lgan o‘zbek va qoraqalpoqning boshidan bir tola to‘kilishiga ham rozi emasman. Birgalikda farovon kelajagimizni qurishimiz kerak.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi o‘tgan yillar biz buni uddalay olishimizni ko‘rsatmoqda.

Har xil ig‘vogarlarga uchmang! Biz bir tanu bir jonmiz, buni o‘zgartirishga hech kimning kuchi yetmaydi.

Shahnoza JOLDASOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti Spikeri