Get Mystery Box with random crypto!

#Mustaqillik_31_yoshda “Ko‘p millatli yagona oila” loyixasi d | Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

#Mustaqillik_31_yoshda

“Ko‘p millatli yagona oila” loyixasi davom etmoqda

Bugungi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat vakillari bir oila farzandlaridek, teng huquqlilik hamda o‘zaro hamjihat bo'lib yashab va
Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. Ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlash, taʼlim olishlari, o‘z qiziqish hamda layoqatlari bo‘yicha kasb-hunar egallashlari, madaniyatlari, urf-odatlari, anʼanalarini saqlash va rivojlantirishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratib berilgan.

Aytish kerakki, mazkur yo‘nalishda O‘zMTDP o‘zining bir qancha loyixalarini amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, Xalk deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, tuman partiya Kengashi raisi S.Imomov tomonidan tumandagi “Beshqo‘rg‘on” MFY da tashkil etilgan
“Mustaqillik oliy neʼmat” shiori ostida millatlararo totuvlik, birdamlik va yaxlidlikni yana-da mustaxkamlashga qaratilgan “Ko‘p millatli yagona oila” loyixasi doirasida festivali bunga misoldir. Ko‘tarinki kayfiyatda, milliy musiqa sadolari ostida boshlangan festivalda, turli millatlarning sanʼatidan va milliy urf-odatlaridan namunalar keltirildi.

Deputat S.Imomov festival davomida barcha fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

O‘zMTDP Chilonzor tuman Kengashi.

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo'ling
https://t.me/mt_toshkent