Get Mystery Box with random crypto!

#Mustaqillik_31_yoshda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Musta | Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

#Mustaqillik_31_yoshda

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan "Yangi O‘zbekistonda el aziz -inson aziz" shiori ostida Uchtepa tumanida joylashgan Epidemiologiya Mikrobiologiya ilmiy tekshirish institutida tadbir tashkil etildi.

"Mustaqillik shukronasi" mavzusidagi manaviy-maʼrifiy tadbirda "Milliy tiklanish" demokratk partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi o‘rinbosari Zulayho Kamalxodjayeva, tuman Kengashi deputatlik guruhi aʼzolari, shifokorlar, partiya faollari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda, keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimizninig bugungi kunidan roziligi, shukronalik tuyg‘usidan mamnun bo‘lib yashashimiz biz uchun faxr ekanligi etirof etildi.

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent