Get Mystery Box with random crypto!

SPORT SOG'LOM TURMUSH GAROVI... Sport (ing. sport — oʻyin) — | Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

SPORT SOG'LOM TURMUSH GAROVI...

Sport (ing. sport — oʻyin) — jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, jismoniy tarbiya vositasi va usuli, jismoniy mashqlarniit turli majmualari boʻyicha musobaqalar tashkil etish, tayyorlash va oʻtkazish tizimidir. Sportning maqsadi kishilarning sogʻligʻini mustahkamlash va umumiy jismoniy rivojlantirish bilan birga sport musobaqalarida yuqori natija va gʻalabalarga erishishdir. Dastlabki sport musobaqalari Yunonistonda boʻlib oʻtgan. Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tashkil qilinganidan keyin sport juda tez rivojlana boshladi. 1896-yilda birinchi zamonaviy Olimpiada oʻyinlari oʻtkazildi.

Shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori bilan "Parlament o'yinlari" sport musobaqalari o'tkazilmoqda. Bugungi kunda ushbu musobaqalar ikki bosqichda amalga oshirilmoqda.

Mazkur tadbirlarda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Toshkent shahar tuman Kengashi deputatlari ham faol qatnashib, faxrli o'rinlarni qo'lga kiritayotganliklari quvonarli albatta.

Toshkent viloyati, Toshkent tumani bolalar va o'smirlar sport maktabiga qarashli Universal sport majmuasida o'tkazilgan musobqada MTDP Yunusobod tuman Kengashi raisi, deputati Azat Seytnazarov sportning volleybol va stol tennisi turlari bo'yicha bo'lib o'tgan musobaqada ishtirok etib faxrli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdilar.
Tadbir so'nggida ishtirokchilar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.