Get Mystery Box with random crypto!

#MENING KONSTITUTSIYAM Xalq deputatlari Toshkent shahar Ken | Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

#MENING KONSTITUTSIYAM

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Xaydarov Nodir Qodirovich “Yoshlik” MFY faollari ishtirokida davra suhbati o‘tkazdi. Davra suhbatida deputat Xalq muhokamasiga qo‘yilgan "O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" gi Konstitusiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati to‘g‘risida yig‘ilganlarga maʼlumotlar berdi.

Deputat fuqarolar uchun yangilik bo‘lgan qonun loyihasidagi qator moddalarga o‘zgartirish kiritish taklif etilayotganligi va bunga hozirgi kundagi zururatlar xususida to‘xtaldi. Mahalla faollari suhbat davomida o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javoblar oldilar.

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo'ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: