Get Mystery Box with random crypto!

HAYIT AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN! Mamlakatimiz aholisi katta | Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

HAYIT AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

Mamlakatimiz aholisi katta xursandchilikda kutib olgan Qurbon hayiti asrlar davomida el-yurtimizning maʼnaviy hayotida beqiyos o‘rin egallab, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlab kelayotgan qutlug‘ bayram hisoblanadi.

Yangi O‘zbekistonda ilgari surilayotgan "Inson qadri uchun" degan buyuk ezgu g‘oyani o‘zida namoyon etgan Qubon hayiti oilalarimizga totuvlik, to‘kin-sochinlik, qalblarimizga nurafshonlik keltirsin.

Biz bag‘rikeng, mehmondo‘st, tinchliksevar xalqmiz. Hozirgi tahlikali davrda buyuk neʼmat hisoblangan tinchligimiz va osoyishtaligimizni qadriga yetishimiz, yurtimizda istiqomad qilayotgan barcha elat va millat vakillari bu yo‘lda qo‘lni-qo‘lga berib, hushyor va dahldorlik tuyg‘ulari bilan yashamog‘imiz zarurdir.

Tinchlik, shukronalik, mehr-oqibat va sahovat ramzi bo‘lgan muborak Qurbon hayiti bilan siz aziz yurtdoshlarimizni, qadirli partiyadoshlarimizni chin qalbimdan tabriklayman.

Yurtimiz tinch, yurtdoshlarimiz sog' va salomat, xonadonlarimiz fayzu barakaga to'la bo'lsin!


Otabek Jiyanbayev,
MTDP Toshkent shahar Kengashi raisi