Get Mystery Box with random crypto!

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengas | Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi

AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

Yurtimizning ma'naviy hayotida beqiyos o‘rin egallab, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik tamoyillarini har tomonlama barqaror etib kelayotgan Qurbon hayiti ayyomi barchangizga muborak bo‘lsin! Ushbu muqaddas ayyomda siz azizlarga, butun el-yurtimizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat tilaymiz.

Sabr-qanoat, shukronalik, ruhiy poklanish, mehr va oqibat, savobli amallarni ko‘paytirishdek oliyjanob fazilatlarni birlashtirgan muborak Qurbon hayiti yurtimizga, oilamizga qut-baraka, keltirsin.

Tinchlik va totuvligimiz, xalqimizning salomatligi bardavom bo‘lsin.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, azizlar!

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: