Get Mystery Box with random crypto!

#MENING KONSTITUTSIYAM Shu kunlarda mamlakatimizda muhim ja | Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

#MENING KONSTITUTSIYAM

Shu kunlarda mamlakatimizda muhim jarayon "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi joylarda qizg‘in tarzida muhokama qilinmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Xurshid Do‘stmuhammedov
o‘zi saylangan okrug hududidagi "Chimboy" mahallasida bo‘lib, islohotlarning mohiyati o‘laroq qonun loyihasidagi moddalar to‘g‘risida fuqarolarga tushunchalar bermoqda.

"Konstitutsiya bugunimiz, ertamiz va kelajagimizni belgilovchi muhim huquqiy xujjat bo‘lib, uni takomillashtirish jarayonida faol ishtirok etish har bir fuqaro uchun ham farz ham qarzdir, - deydi deputat.

Muhokamalar jarayonida deputatga fuqarolar tomonidan juda ko‘plab savollar yo‘llandi. Deputat har bir savolga to‘liq tushuntirishlar berib javob qaytardi. Fuqarolardan kelib tushgan takliflar umumlashtirilib MTDP Markziy Kengashi qoshida tashkil etilganishchi guruhiga topshirildi.

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: