Get Mystery Box with random crypto!

#ONLINE #SAYLOV_2023 IMZO TO‘PLASH “SHIRIN'DAN BOSHLANDI Avv | Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

#ONLINE
#SAYLOV_2023

IMZO TO‘PLASH “SHIRIN"DAN BOSHLANDI

Avval xabar berilganidek, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasiga muddatidan ilgari o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishga ruxsat berilib, vakolatli vakilga belgilangan namunadagi imzo varaqalari blankalari topshirilgan edi.

Shunga muvofiq, 16-maydan boshlab joylarda partiyadan ko‘rsatilgan  nomzodni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha imzo to‘plash jarayonlari boshlab yuborildi.

Ana shunday dastlabki tadbirlardan biri Uchtepa tumanidagi “Shirin” mahallasi hududida joylashgan partiya Toshkent shahar Kengashi binosida tashkil etildi.

Xabaringiz bor, saylov qonunchiligiga ko‘ra, saylovchilar bitta yoki bir nechta siyosiy partiyani yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yishga haqlidir.

MTDP | Telegram