Get Mystery Box with random crypto!

#Tabriknoma Hurmatli yurtdoshlar,partiyamiz fidoyilari   Avva | Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

#Tabriknoma

Hurmatli yurtdoshlar,partiyamiz fidoyilari
 
Avvalo, barchangizni mehr-oqibat va ezgulik ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman hamda o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Barchamiz shu kunlarda Ramazon hayiti ayyomini katta xursandchilik bilan o‘tkazmoqdamiz. Cheksiz shukronalik bilan dildagi yaxshi niyatlarimizning amalga oshishini Yaratgandan so‘rab, yurtimiz ravnaqi va farzandlarimiz baxtu kamoli uchun bir-birimizga ezgu tilaklar bildiryapmiz.

O‘tgan Ramazon oyi bir-birimizga mehr va e’tibor ko‘rsatish, beg‘araz yordam berish, yaxshilik, sabru qanoat kabi ezgu fazilatlari bilan ham qadrlidir.
 
Qadrli yurdoshlar hamda jonkuyar partiyadoshlar!
 
Barchangizni yana bir bor Ramazon hayiti ayyomi bilan qutlagan holda, ona yurtimizga tinchlik, sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka va xotirjamlik tilab qolaman.
Ona yurtimiz doimo gullab yashnayversin.
Tinch va farovon yurtga bayramlar yarashadi.

Otabek Jiyanbayev, MTDP Toshkent shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati.