Get Mystery Box with random crypto!

FAOL DEPUTATLAR TAQDIRLANDI! 'Milliy tiklanish' DP Markaziy K | Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

FAOL DEPUTATLAR TAQDIRLANDI!

"Milliy tiklanish" DP Markaziy Kengashi raisi Alisher Qodirov tomonidan
Deputatlik vakolatlaridan samarali foydalanish orqali mamlakat taraqqiyoti va jamiyat rivoji uchun olib borilayotgan islohotlarda ishtirok etib, elektorat manfaatlarini ro'yobga chiqarishda, partiya Saylov oldi dasturi ijrosini amalga oshirishda ko'rsatgan faolligi va fidoiyligi uchun "Milliy tiklanish" DPning bir guruh faol deputatlari taqdirlandilar.

Taqdirlanganlar orasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati To'lqin Teshabayev, Xalq deputatlari Mirzo Ulug'bek tuman Kengashi deputati Yoqutxon Madjidova, Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Sanjarali Imamovlarning ham borligi bizni quvontiradi.

Deputatlarimizga Kelgusi faoliyatlarida ham omadlar yor bo'lishini tilaymiz!