Get Mystery Box with random crypto!

#мутолаадаянгикитоб Yangi yilda o'qigan ilk kitobim bo'ldi. U | 🌵𝙹𝚄𝚂𝚃 𝙼𝙴🌵

#мутолаадаянгикитоб

Yangi yilda o'qigan ilk kitobim bo'ldi. Uyimizda turganiga naq 1yildan oshdi. Ehh, shuncha paytdan beri bilmabmanku buni xazina kitobligini.
93-betli kichkinagina kitobcha. Bu kitobni muallif logoped yordamida faqatgina chap ko'zi bilan yozgan. Logoped alifbodagi harfladan bunisimi, bunisimi dib ko'rsatib turgan. Kerakli harfga kelganda muallif chap ko'zini qisgan. Tasavvur qilyapsizmi, bu kitobdagi birgina so'zni yozish uchun bir necha daqiqalar sarflangan shu yo'sinda.
Kitob haqida ko'p gapirsam, spoyler bo'pqoladi. Balki hozir nolib yurgandirsiz, qayeringizdandir ko'nglingiz to'lmay. Lekin bu kitobni o'qib chiqqaningizdan so'ng tushunasiz, hatto ko'zingizni bemalol ochib yumayotganingiz ham sizga Allohning katta marhamati ekanligini.