Get Mystery Box with random crypto!

Hayotiy voqea asosida yozilgan kitob ekan. Man uchun to'qib ch | 🌵𝙹𝚄𝚂𝚃 𝙼𝙴🌵

Hayotiy voqea asosida yozilgan kitob ekan. Man uchun to'qib chiqarilgan asarlarga qaraganda hayotiy voqealar asosida faktlarga asoslanib yozilgan kitoblar doimo qiziqarli bo'lgan ( Garri Potter bundan mustasno. U hayotimda o'qigan eng yaxshi kitoblardan bo'lib qoladi doimo).
13 yoshli qizning boshiga tushgan ko'rguliklar haqida hikoya qiladi. O'qidimu, o'zimning yoshligim esimga tushdi. Kichkinagina qizaloq paytimiz singillarim bilan meni kenayimiz shaharga parkka olib borganlar. Ular rasm chiqartirish uchun kirib ketganlar, biz esa ularni tashqarida kutib turganmiz. Kenayimiz hadeganda chiqavermagach, birinchi bo'lib mani vahima bosgan va yig'lashga tushganman. Manga qo'shilib singillarim ham yig'lashni boshlashgan. Hayolimda bizani tashlab ketib qoldilar, endi nima qilamiz, ko'chada qoldik, uyga qaytishni ham bilmaymiz kabi fikrlar kelgandi o'shanda
Allohga shukr-ki, bizni tashlab ketmaganlar. Bilmadim, shunday hisni boshimdan o'tkizganim uchunmi, asarning bosh qahramoni bilan ruhan yaqinlik his qildim. To'g'risini aytsam, unchalik hafsala bilan boshlamagandim kitobni. Lekin shukr, asar menga yoqdi. Qiziqsangiz, siz ham o'qib ko'ring)