Get Mystery Box with random crypto!

Bir lahzaga ko'zlaringni yum va o'zingni o'lgan deb tasavvur q | 🌵𝙹𝚄𝚂𝚃 𝙼𝙴🌵

Bir lahzaga ko'zlaringni yum va o'zingni o'lgan deb tasavvur qil. Sen sevaman deb yurgan inson ham, eng yaqin do'stlaring ham, qarindosh-urug', vaholanki, barcha seni taniydigan insonlar seni sen o'ylagandan ko'ra tezroq unutib yuborishadi. Go'yoki sen oldin umuman bo'lmagansan. Tug'ishganlaring seni unutmasligi mumkin lekin o'rningni kimdur bosib ketadi ularni hayotida ham.
2ta narsa bor sen mutlaqo ishonishing mumkin bo'lgan va hech qachon o'zgarmaydigan. Ular- Alloh va ota-onang!
Alloh seni hech qachon yolg'izlatmaydi. U doimo sen bilan. Gunoh ish qilib qo'ygan bo'lsang ham tushkunlikka tushma. Chin ko'ngildan tavba qil va duolaringni unga yo'lla. Qasamki, tilingdan chiqqan har duo, albatta, ijobat bo'lajak! Alloh sening gumonlaringda yashaydi. Shunday ekan, unga nisbatan eng yaxshi gumonda bo'l.

Ota-ona!
Bu zotlar sening hayotingdagi seni hech qachon unutmaydigan, o'rningni boshqasi bilan to'ldira olmaydigan yagona insonlar. Shu o'rinda bir hikoya esimga keldi. Yodimda borini yozmoqchiman.
Bir kishi bozordan urg'ochi tuya sotib olibdi. Egasidan: "Buning qanday kamchiligi bor?-, deb so'rasa: "Uning o'pkasi teshik"-, debdi. Xaridor hayron bo'lib: " O'pkasi teshik ekanligini qayerdan bilasan?"- deb so'rabdi. Shunda sotuvchi:" O'tgan yili buning bir bolasi o'lgan edi",-degan ekan.
Shunday qilib u ana shu tuyani sotib olibdi. Oradan ma'lum vaqt o'tib, tuyani so'yishga to'g'ri kelibdi. Shunda u tuyani sotib olgandagi egasining gaplarini eslab, so'yilgan tuyani o'pkasini tekshirib ko'ribdi. Rostdan ham uning o'pkasi ilma-teshik bo'lib ketgan ekan.

30.01.2022