Get Mystery Box with random crypto!

#mustaqillik_31_yil Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz – | YIRIK SOLIQ TO‘LOVCHILAR BO‘YICHA HUDUDLARARO SOLIQ INSPEKSIYASI

#mustaqillik_31_yil

Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz – Davlat soliq qo‘mitasida bayram shukuhi

Bugun, 31-avgust kuni Davlat soliq qo‘mitasida Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Unda dastlab Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev so‘zga chiqib barchani O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi bilan tabrikladi. Xalqimizning ulkan jasorati va matonati bilan erishilgan mustaqilligimiz hech qachon unutilmaydigan, qadr-qimmati va ahamiyati yillar, asrlar o‘tgani sayin tobora ortib boradigan buyuk tarixiy voqea ekanligini taʼkidladi.

Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari so‘nggi yillarda davlat soliq xizmati organlarida erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan videorolikdan bahramand bo‘ldi.

Qo‘mita Raisi ushbu ulug‘ ayyom munosabati bilan davlat soliq xizmati organlaridagi fidokorona xizmati, sadoqatli va mashaqqatli mehnatlari uchun “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan tizim xodimlarini ham alohida tabrikladi. Xususan, Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i G.Nizomiddinovaga “Shuhrat” medalini shaxsan topshirdi.

Bundan tashqari, tizimda samarali faoliyat yuritib kelayotgan 30 nafarga yaqin xodimlarga munosib mehnatlari uchun “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alar topshirdi.

Tasodifni qarangki, bugungi kunda qo‘mita markaziy apparatida yurtimiz istiqlolga erishgan 1991-yilda tug‘ilgan 31 nafar mutaxassis faoliyat olib bormoqda. Tadbir davomida mustaqillik tengdoshlari bo‘lgan xodimlar, tizimda aynan 1991-yilda faoliyat boshlagan tajribali ustozlarini bayram bilan tabrikladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xonandalar o‘zlarining sho‘x kuy-qo‘shiqlari bilan bayramga o‘zgacha ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram