Get Mystery Box with random crypto!

Mr Sobirjanov's blog

Telegram kanalining logotibi mr_sobirjanov_blog — Mr Sobirjanov's blog M
Telegram kanalining logotibi mr_sobirjanov_blog — Mr Sobirjanov's blog
Kanal manzili: @mr_sobirjanov_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 31
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy blog!
Postlarni tushunish sizning aqliy darajangizga bog'liq.
Savol va takliflar uchun: @Mr_Sobirjanov

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-03-10 05:54:45 #Juma_muborak

Jumaning hayr-u barokoti sizga bo’lsin

@Mr_Sobirjanov_blog
53 viewsMr Sobirjanov, 02:54
Ochish/sharhlash
2023-03-05 18:47:47 Korrupsiya - o'lim

Inna lillahi va inna ilayhi rojiun

Bugun yana bir fidoyi farzand orzusiga erishdi. Farhod aka (Mittivine) otasini yana bir bor ko'rish uchun jonini berishga ham tayyor farzand edi. O'sha kun keldi...
Albatta, ajal qachon qay holatda kelishini bilmaymiz. Lekin inson boshiga keladigan barcha kulfatlar va yaxshiliklarga o'zi sababchi bo'ladi. Eshitilishidan oddiy tuyilgan narkoz mushtipar onani, bir juftli halolni qayg'iga solib qo'ya oldi.
Hozirgi kunda rivojlanib borayotgan korrupsiya shunday davom etsa, yodingizda saqlab oling. Esingiz bo'lsa yaqin 3yildan so'ng kasal bo'la ko'rmang. Yoki o'zingizni hamma shifokorlarga ham ishonib qolmang. Karantinda internet tarmoqlari orqali ta'lim olgan, oliy o'quv yurtlariga yoki sog'liqni saqlash muassasalariga korrupsiya orqali qabul qilingan talabalar siz uchun xizmatga shaylanmoqda...
O'zingizga befarq bo'lmang!!!

@Mr_Sobirjanov_blog
88 viewsMr Sobirjanov, 15:47
Ochish/sharhlash
2023-03-04 19:33:06 #Atalgan

Boshlandi....
Endi yana haftalab, oylab kuydirgan kallalar hazillari muhokama bo'ladi. Atrofingda bir guruh bekorchilar faqat qaysidir guruhni be'mani, faxsh hazillarini og'izdan og'izga o'tkazadi. Sen esa chidashga majbursan.
Ongsiz jonzotlarni har kuni bir xil vaqtda noz-ne'matlar bilan siylasang, o'sha ongsiz hayvon har kuni o'sha vaqtda ovqat tanavvul qilishga o'rganadi va talab qiladi.
Mana nima uchun ummat ilmli bo'lishi kerak. Ongsiz avlod beo'xshov hazillarni tillariga o'rnashtirib olib qaytarib yuradigan bo'lsa, o'z vaqtini qimmatli deb bilgan insonlar hattoki shunday be'mani narsalar uchun umrini ketkazmaydi. Natijada ongsizlar onglilar aytgan vazifani to abad bajarishga o'rganib qoladilar. Hayvonga qiladigan xizmatini kopaytirsang bajarolmasa biroz kamaytirsang beminnat xizmat qiladi. Va holangki u mehnat oldingidan ko'p bo'lsada umrining oxirigacha seni saxiy inson deb biladi. Jamiyatdagi insonlarda ham shunday qatlam bor.
Shunchaki maslahatim:
Kuydirgan kallalarga vaqtingni ketkazmay biroz miyangdagi zangni tozala.

P.S: Ilmli va ongli avlod barchamiz uchun zarur.

@Mr_Sobirjanov_blog
95 viewsMr Sobirjanov, edited  16:33
Ochish/sharhlash
2023-03-03 10:34:27 #Respect

Eh go'dakkina. Sen hali ham ingliz tilini o'rgansammikin, o'rganmasammikin. GreenCard o'ynasammikin, chet elga suraymikin deb turgan paytingda kimdir o'z ustida ishlab IELTS dan 9ballik sertifikatga ega bo'ldi. Ana endi shundoq o'ylanib o'tirmasdan O'zbekistondan IELTS 9 olishgan deb maqtanib o'ylanasan...
Bekzod akani esa erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz)))

P.S: Bekzod aka b***

@Mr_Sobirjanov_blog
89 viewsMr Sobirjanov, edited  07:34
Ochish/sharhlash
2023-03-01 14:36:21 #Konglim

Sukut qil, ko'nglim. Uning kelishini ko'rguning qadar. Achchiqning bolga aylanganini bilguninggacha. Uning ko'nglini sening ko'nglingga muhabbat rishtasi bilan bog'laganini ko'rguningcha...

Iymon va huzun

@Mr_Sobirjanov_blog
103 viewsMr Sobirjanov, 11:36
Ochish/sharhlash
2023-02-28 05:12:03 #Romantika

Erta tongdan uyg'onib uning ko'zlariga boqib , kayfiyating ko'tariladi. Ancha termulib o'tirasan, soatga qarab ancha vaqt o'tib ketganini sezib , sekingina zaryadkadan olib cho'ntagingga solib yana ishga ravona bo'lasan

@Mr_Sobirjanov_blog
94 viewsMr Sobirjanov, 02:12
Ochish/sharhlash
2023-02-27 19:25:21 #Bilar_edi

U juda go’zal…
Lekin rasmlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylamas edi.
Chunki kimga tegishli ekanligini bilardi, shuning uchun ham o’zini ko’z-ko’z qilmasdi…

@Mr_Sobirjanov_blog
92 viewsMr Sobirjanov, 16:25
Ochish/sharhlash
2023-02-22 18:13:08 Chiroyli ko'rinadi...

Farzand sog'inchida qolgan ota-onalar. Ota-onasini unutgan farzandlar. Va hamma o'zini vafodor deb bilishi... Eng hunuk narsa ham buning oldida chiroyli ko'rinadi.

@Mr_Sobirjanov_blog
120 viewsMr Sobirjanov, 15:13
Ochish/sharhlash
2023-02-21 10:43:08
#Mutolaa

Yana o'sha sevikli yozuvchim ijodkoridan

Nasroniy atirguli

Nasroniylikka kirib, Islomga qaytgan qiz hikoyasi

@Mr_Sobirjanov_blog
117 viewsMr Sobirjanov, edited  07:43
Ochish/sharhlash
2023-02-21 10:40:10 #Kun_kelib

Bir kun kelib soliha juftimni topganimda
-"Mahrga nima hohlaysan" deya so'rayman.
U esa "Hilol nashridagi barcha kitoblarni" deb javob beradi.
Va men asta uni kutubxonam tomon yetaklayman...

@Mr_Sobirjanov_blog
98 viewsMr Sobirjanov, 07:40
Ochish/sharhlash