Get Mystery Box with random crypto!

Shunchaki Mr

Telegram kanalining logotibi mr_shunchaki — Shunchaki Mr S
Telegram kanalining logotibi mr_shunchaki — Shunchaki Mr
Kanal manzili: @mr_shunchaki
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3
Kanalning ta’rifi

ᴍʀ sʜᴜɴᴄʜᴀᴋɪ ʙᴏᴛ —
@mr_shunchaki_bot

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 3

2021-02-10 13:48:14 O‘ZBEKISTON "MILLIY" ENSIKLOPEDIYASI
O‘zbekistonning :
Milliy mevasi - Qovun!
Milliy taomi - Lag‘mon!
Milliy yoqilg‘isi - Tappi!
Milliy boyligi - Paxta (qo‘yadigani)!
Milliy dardi - Paxta (teradigani)!
Milliy muammosi - Ma’naviyat!
Milliy faxri - Ota-bobolari!
Milliy mashg‘uloti - Qarsak!
Milliy hayvoni - Laqqa baliq!
Milliy pul birligi - Pora !
Milliy ijtimoiy tarmog‘i - Korrupsiya !
Milliy jazosi - Uzr !
Milliy maxsuloti - Monopoliya !
Milliy ixtirosi - Plagiat !
Milliy orzusi - O‘ttiz kishilik to‘y!
Milliy bahonasi - Oldingi rejim !
Milliy boquvchisi - Xalq !
Milliy bemori - Tibbiyot !
Milliy o‘gay bolasi - Ta’lim !
Milliy balogardoni (kraynыy) - Blogerlar!


Birortasi esimizdan chiqgan bo‘lsa kommentga yozing buyuk tarixi va porloq (portloq) kelajagi bor yoshlar!

@mr_shunchaki
84 views10:48
Ochish/sharhlash
2021-02-09 15:16:18 "Hamma ham qahramon bo‘la olmaydi, axir qahramonlar o‘tib ketayotganida kimdir ularga chapak chalib turishi kerakku!"

@mr_shunchaki
56 views12:16
Ochish/sharhlash
2021-02-04 13:07:13 ✓ Fahmsiz kishilarninggina hazil-mutoyibaga mayli bo‘lmaydi.

✓ Biz bu dunyodan safar qilar ekanmiz, shoh ham, gado ham bitta so‘qmoqdan o‘tishadi; papa so‘fidan qancha aziz bo‘lmasin, ikkalasi uchun ham ikki gaz yer yetadi.

✓ Duenyalar uchun saroylarda savlat to‘kib o‘tirishdan ko‘ra hayvonlarga qarash juda bop keladigan ish.

✓ Ov va boshqa dilxushliklar
gubernatordan ko‘ra bekorchilarga ko‘proq yarashadi.

✓ Xudodan qo‘rqsang, aql bilan ish yuritsang xato qilmaysan.

✓ Inson umri o‘z intihosi tomon shamoldan tezroq yeladi, hech qayoqqa qaramaydi, hech qayoqqa quloq qoqmaydi.

✓ Gubernatorlik lavozimi meni tark etmasdan turib, ilgariroq men uni tark etdim.

✓ Ozodlik — tangri insonlarga ato qilgan baxt-saodatlarning eng mo‘tabaridir. Yer qa’rida va dengiz tubida yashirinib yotgan jamiki xazinayu boyliklar unga teng kelolmaydi. Ozodlik yo‘lida, shon-sharafni himoya qilgandek, jonni tikish mumkin va zarur. Tutqunlik esa, aksincha, inson boshiga tushadigan falokat va baxtsizliklarning eng kattasidir.

✓ Peshonasiga bitilgan bir burda nonni minnatsiz yeydigan kimsa olamda eng baxtiyor odamdir.

✓ Oqil gunohkorlar befarosat gunohkorlarga qaraganda tezroq tuzaladilar.

@mr_shunchaki
74 views10:07
Ochish/sharhlash
2021-02-02 14:33:40 — Hey bolakay, to‘xta isming nima? Bosh harfini ayt o‘zim taxmin qilib ko‘raman.
— "Y"
— Yodgor
— Yo‘q
— Yahyobek
— Yo‘q
— Unda kim?
— Yustam.

@mr_shunchaki
80 views11:33
Ochish/sharhlash
2021-02-01 13:15:27 ULAR SHUNDAY O‘LDILAR!

Bir guruh olimlar tadqiqot o‘tkazishibdi. Maqsad: mashhur xudosizlar o‘limlari oldidan nima deyishganini aniqlash.
Mana natijalar:

(o‘qiyotganda “tavba, tavba” deb tursak yaxshi bo‘ladi, deb o‘ylayman)

Fridrix Nisshe.

Esini yo‘qotib qo‘ygan. Kuchukday hurib temir qafas ichida jon bergan.

Volter. Buyuk masxarachi.

Yakuni mudhish bo‘lgan. Tun bo‘yi kechirilishini so‘rab dod solib chiqqan. Hamshirasining so‘zlari: “Yevropaning hamma pulini bersa ham Volterning o‘limidek o‘limini ko‘rishni istamayman”.

David Xьyum – ateist.

O‘limi oldidan tinimsiz: “Men olovning ichidaman!” deb dod solgan. O‘limi dahshatli bo‘lgan.

Napoleon – imperator.

Uning tabibi quyidagini yozgan: “Imperator yolg‘izlikda, hamma uni tashlab ketgan holda o‘ldi. Uning o‘lim bilan olishuvi mudxish bo‘ldi...”

Karl IX.

“Men halok bo‘ldim! Men buni tushunib turibman”.

Gobbs – ingliz faylasufi.

“Men mudxish zulmatga sakrash oldida turibman”.

Lenin.

Esi og‘gan holda o‘ldi. Stol, stullardan gunohlari uchun kechirim so‘ragan...
Qarang-ki, u millionlab odamlar uchun rahnamo va ideal bo‘lgan!

Yagoda. Sovet maxfiy polisiyasi boshlig‘i.

“Xudo mavjud bo‘lishi kerak! U meni gunohlarim uchun jazolayapti”.

Zinovyev: – Leninning hamrohi.

Stalin buyrug‘i bilan otib tashlangan. “Quloq tut, Isroil, Xudomiz – Yakka Xudodir!” – bu ateistik davlat rahbarlaridan birining oxirgi so‘zlari.

Yaroslavskiy.

Internasional ateistik harakati prezidenti: “O‘tinaman, kitoblarimning hammasini yoqib yuboring! Muqaddasga bir qarang! U anchadan beri meni kutyapti. U shu yerda!”

Jon Lennon.

Mashxurligining cho‘qqisi (1966 y.) paytida Amerikaning yetakchi jurnaliga bergan intervyusida Iyso alayhissalom to‘g‘risida: “Bugun biz undan mashhur bo‘lib ketdik!” degan. Ajablanarlisi – uni otib o‘ldirgan qotil uning aynan mashhurligini tortib olishni, ya’ni mashhur odamning qotili sifatida mashhur bo‘lishni, maqsad qilgan ekan.

Braziliya siyosatshunosi Tankredo di Ameydo Neves.

Saylov paytida: “Agarda men 500000 ovoz olsam hatto Xudo ham meni prezidentlik lavozimidan tushira olmaydi!”, degan.
U shuncha ovoz oldi. Ammo prezident bo‘lishidan bir kun oldin kasal bo‘lib o‘ldi.

Braziliyalik kompozitor, qo‘shiqchi, shoir.

Rio de Janeyroda o‘tkazilgan shouda sigaretasining tutunini osmonga puflab: “Bu senga, Xudo!”, dedi. 32 yoshida SPIDdan halok bo‘ldi.

Titanikni yasagan injener.

Yasash ishlari yakunlangandan keyin reportyorlar kemaning qay darajada havfsiz ekanligini so‘rashganda: “Endi uni Xudo ham cho‘ktira olmaydi!”, degan ekan. Albatta har bir kishi u bilan nima sodir bo‘lganini juda yaxshi biladi.

@mr_shunchaki
74 views10:15
Ochish/sharhlash
2021-01-30 15:37:37 Qaniydi, Dinozavr bo'lganimda edi, bu kunlarni ko'rmasdim...

@mr_shunchaki
75 views12:37
Ochish/sharhlash
2021-01-29 21:24:50 Nimaga sevgi paydo bo'ladi?

— Psixolog Eleyn Xetfild o'z tadqiqotlari natijasida sevgi paydo bo'lishi uchun - o'zaro yoki javobsiz - ikkita omil zarur degan xulosaga keldi.

1. To'g'ri vaqt.
Boshqa odamni sevib qolish istagi (ideal holda, ikkalasi) bo'lishi kerak.

2. O'xshashlik. Hech kimga sir emaski, odamlar nafaqat o'zlariga o'xshashlariga, balki tashqi va ichki tomonlari ham o'xshash bo'lgan qiziqishlari bor bo'lgan holatda bir - birlarini sevib qolishadi.

P.s: Yigitlar falsafasiga ko'ra: faqat chiroyli, qizlar falsafasiga ko'ra: faqat baland bo'yli, boy badavlat bo'lishi kerakligi - bu sevgini paydo qila olmaydi.

@mr_shunchaki
80 views18:24
Ochish/sharhlash
2021-01-27 21:30:23 Yangi boylardan biri avtomobil do‘koniga kiribdi.
Sotuvchi:
— Keling, xizmat? Sizga qanday avtomobil kerak?
— Eng zo‘r avtomobil xarid qilmoqchiman.
— Mana Ford Fokus rusumidagi yangi model, -deb maqtab ketibdi sotuvchi.
— Nimasi Fokus ekan buni?!
— O‘tiring marhamat, ko‘rsataman.
Sotuvchi rulga o‘tirib, avtomobilni juda katta tezlikda haydabdi.
— Hoy to‘xtat, axir daraxt turibdi ro‘parada, -deb baqiribdi yangi boy.
— Havotir olmang, ko‘zingizni yuming, hozir fokus ko‘rasiz, -debdi-da, boy ko‘zini yumgach, daraxtni yonidan aylanib o‘tibdi.
— Yangi boy xayratlanib, avtomobilni sotib olibdi.
Uyga kelgach, barchaga fokus ko‘rsatmoqchi bo‘lib, avtomobilga o‘tirishlarini aytibdi.
— Endi hamma ko‘zlarini yumsin, biz hozir mana shu daraxt orasidan o‘tib ketamiz, bu fokus, -debdi.
Yangi boy avtomobilni chunonam tez haydabdi-ki, ular ulkan daraxtga borib zarb bilan urilibdi. Pachoqlangan avtomobil ichidan yangi boyning zo‘rg‘a ovozi eshitilibdi:
— Ming la’nat, qaysi biring ko‘zingni yummaganding?! - dermish.

@mr_shunchaki
82 views18:30
Ochish/sharhlash
2021-01-27 21:30:08 –Sen qo'y go'shti yeysanmi?
–Yo'q.
–Mol go'shtichi?
–Yo'q.
–Baliqchi?
–Yo'q.
–Vegetarianmisan?
–Yo'q, talabaman!!!

@mr_shunchaki
70 views18:30
Ochish/sharhlash
2021-01-26 20:53:03 Bir qaynovi ichida

— Seni hech odamlar qayta-qayta azoblab, qiynoqqa solib, yomonlik qilib, har tomondan ezib, ustingdan kulib tashlaganmi?
— Yo'q, hali o'qishga kirmadim.

@mr_shunchaki
76 views17:53
Ochish/sharhlash