Get Mystery Box with random crypto!

Muhammadqodir Sayidov

Telegram kanalining logotibi mq_mulohaza — Muhammadqodir Sayidov M
Telegram kanalining logotibi mq_mulohaza — Muhammadqodir Sayidov
Kanal manzili: @mq_mulohaza
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 85
Kanalning ta’rifi

Dunyoga keldim, kindigim kesildi, qulog'imga azonni aytdilar va qo'limga kitob berdilar, ana endi tug'ildim!
Din va falsafaning shaydosiman
• Havaskor Yozuvchi
• Havaskor Da'vatchi
✍🏻 Iloji bo'lsa, mualliflik huquqini himoya qiling.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-03 08:16:32
#thoughts

Oʻzim uchun muhim insonlarni hayotimda ajratib olgandan keyin rostan ham yashashni boshladim.

@mq_mulohaza
194 views05:16
Ochish/sharhlash
2022-07-02 21:36:37 #charisma #prophet #article

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xarizmasi haqida maqolani yozib bitirdim.

Qandaydir xato bo'lsa, kaminaning noqisligidan. Qandaydir hayr bo'lsa, Alloh taoloning fazl va marhamatidan.

Maqolada mavzu iloji boricha batafsil yoritilgani uchun ozgina hajmi ko'payib ketdi. Ketkazgan vaqtingizga rozi bo'ling!

@mq_mulohaza

https://telegra.ph/Rasululloh-sollallohu-alayhi-vasallamning-xarizmasi-07-02
177 views18:36
Ochish/sharhlash
2022-07-02 10:24:42 ​​#prophet #charisma #foydali

Menimcha quyidagi mavzu hammamiz uchun avvalo manfaatli bo'la oladi, deb o'ylayman.
Albatta Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so'zlari, da'vatlari uchun insoniyatning qalbida qabuliyat ochilgan edi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Alloh Qur'onda siz buyuk xulq ustidadirsiz, deya maqtadi. Xo'sh, u zotning aynan qaysi xislatlari insoniyatning juda katta qismini o'ziga ergashtirdi? U zot qanday edilarki, hozir Yer yuzining qariyb 24 % (1,8 milliard) i musulmon?

Bu haqida ham batafsil maqola qilishni niyat qildim. Kechki payt albatta bu haqida bilib olasiz, inshaa Alloh.

@mq_mulohaza
196 views07:24
Ochish/sharhlash
2022-07-02 04:06:45 ​​#news #book

Bugun Angliyalik mashhur yozuvchi, olima, tarbiyachi Ayisha Lemuning quyidagi kitobini o'qib tugataman, inshaa Alloh

Kitob ingliz tilida yozilgan, hozirgi kunda faqat ingliz tilida maqola va kitob o'qiyapman, o'zbekcha kitoblarim ham kamayib ketdi

@mq_mulohaza
177 views01:06
Ochish/sharhlash
2022-07-01 22:31:14 #islam #recommendation

Maqola tayyor bo'ldi!

Agar siz kompyuter yoki noutbukda bo'lsangiz, telegra.ph saytida o'qishingiz mumkin.

Agar smartfonda bo'lsa, Instant View tugmasi orqali maqolani o'qiy olasiz.

https://telegra.ph/Ayollar-bilan-gaplashish-etikasi-07-01

@mq_mulohaza
309 views19:31
Ochish/sharhlash
2022-07-01 20:53:58 #need #urgent

Menimcha hozir muhimligi borasida yuqorida turgan mavzu bor, bu nomahramlar bilan muloqot qilish.

Endi qanday gaplashish haqida post qilmoqchiman

@mq_mulohaza
144 views17:53
Ochish/sharhlash
2022-07-01 19:05:56 #request #post

Nima haqida post yoki maqola qilishimni xohlaysiz?

Izohlarda o'z fikringizni qoldiring!

@mq_mulohaza
142 views16:05
Ochish/sharhlash
2022-06-29 22:31:23 #night #maktub

Allohning menga bergan omonatisan, bilasanmi? Qiyomatda ham Alloh sen haqingda mendan so'raydir bilasanmi?

Payg'ambarim mo'minning komilligini ayoliga qilgan muomalasiga qarab o'lchar edilar. Ayt-chi sal bo'lsa ham o'xshab ketamanmi Rasulullohga?

Mana shu jajji qo'lingni mahkam ushlasamda, kaftlarim orasidan gunohlarim yomg'irday to'kilsa...

Senga termulsamda, g'amlarimni unutsam! Agar sen xohlagandek bo'la olmayotgan bo'lsam, uzrimni qabul et.

Bilasanmi, Rasulullohning muborak og'izlariga kirgan oxirgi narsa nima edi? Sevgilisi Oyishaning tupuklari edi...

Agar men ham shunday muhabbatli bo'lolmasam, uzrimni qabul et! Rasululloh tuyada kelayotgan Oyishaga ishorat qilib, sahobasiga aytar edilar, billurimni ehtiyot qil.

Sen billurga qo'lim-la ozor bersam, meni afv et!
Balki sen-la dunyo kezolmasman, balki seni dunyoning harir matolari ila bezay olmasman, lekin, lekin... hadis aytsang, jon deb aytishaman.

Rasululloh uyga kirishdan oldin eshik oldida to'xtab, og'izlariga misvok surtardilar va kirib ayollarini o'par edilar,

Rasululloh Safiyani tuyaga chiqarish uchun muborak tizzalarini uning oyoqlariga ostiga qo'yib chiqarib qo'ydilar.

Bilmam, menda shunday sevgi bormikan? Yo Alloh, Rasulullohga hech bo'lmasa hayotlarining bir jabhasida o'xshashni nasib qilgin

Muhammadqodir

@mq_mulohaza
187 viewsedited  19:31
Ochish/sharhlash
2022-06-29 14:00:27
#request #comment

Rasmga qanday izoh bildirgan bo'lar edingiz?

@mq_mulohaza
172 viewsedited  11:00
Ochish/sharhlash
2022-06-29 09:24:42 #foydali #muhokama

Muvaffaqiyatli erkakning ortida muvaffaqiyatli ayol bo'ladi, deyishadi. Nima deb o'ylaysiz, shunchaki bir erkakning ortidami?!

Tug'ilgan qiz farzandini or deb bilib tiriklayin ko'mishni urfga aylantirgan johil arablarning ko'ksiga Islom shabadasi kelib urildi-yu, Jannatni ayolning oyog'i ostiga olib kelib qo'ydi. Dunyoda ayol zotini Islomchalik e'zozlaydigan va bir vaqtda jamiyatning katta mas'uliyatini bu zotga topshirgan Islomdan boshqa dinni bilmayman!

Har qanday kuchli jamiyatning ortida kuchli ayol turadi. Tarix bilan tanishar ekanman, Alloh taolo butun bir xalqqa bir ayol sababidan zafar berganiga, birgina ayol ummatning uyg'onishiga turtki bo'lganiga guvoh bo'ldim. Ayolni qadrlamaydigan jamiyatda aslida nima qadrlanishiga hayron qolasan?!

Ayolni shunchaki "xotin" sifatida ko'radiganlarning ham aslida "o'tin" dan farqi yo'qligiga ko'p duch kelganman. Vallohi, ayol zotiga nisbatan "xotin" so'zini ishlatishim bilanoq, tilimda qandaydir qo'pollikni his qilaman.

Bilasizmi, agar biz Islomimizni yaxshilab o'rgansak, mahkam tutsak, o'zimiz o'ylagandan-da balandroq marraga yeta olamiz. Islom ayolga din o'laroq, beshikda yotgan jajji ummatning yulduziga tarbiyachi bo'lish vazifasini yukladi. Erining haqqiga rioya qilib-la, unga bo'ysunish evazigagina Jannatni va'da qildi. Xo'sh, Islom ayolni past sanabdimi?

Shuning uchun ham ayolning qadrini yerga urayotgan jamiyatning rivojlanishi haqida hech qachon o'ylay ko'rmang! Bizga sahobalar emas, sahobiyalar kerak! Zero, Quddusni zabt etgan, Konstantinopolni ishg'ol qilgan, Al Jome as-sahihni to'plagan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak jasadlarini portugallardan saqlab qolgan, daryo bo'yidagi to'rt kishilik jamoatni ulkan imperiyaga aylantirgan zotlarning hammasining ortida ana shu buyuk ayol turgandi. Endi esa Islomni eslasak, bu zotlar ham albatta eslanadi. Mana Islom ayol zotiga nima berdi!

Muhammadqodir Sayidov

@mq_mulohaza
169 views06:24
Ochish/sharhlash