Get Mystery Box with random crypto!

Onam hoji bo'lsa arziydi Bu tilagim hammangizga yod Erishsa | Ota ona haqida sherlar

Onam hoji bo'lsa arziydi

Bu tilagim hammangizga yod
Erishsam gar g'amim ariydi
Hojilikka munosib nomzod
Onam hoji bo'lsa arziydi


Shu kungacha qo'limdan tutdi
Sho'xlik qilsam gap so'zni yutdi
Bu kunlarni qanchalar kutdi
Onam hoji bo'lsa arziydi


Hayotimga nazar qilaman
Yoshlik qilib bag'rin tilaman
Shubhasi yo'q aniq bilaman
Onam hoji bo'lsa arziydi


Tan olmadim o'zga ilohni
Bandasiman qodir Allohni
Tavob qilib kabatullohni
Onam hoji bo'lsa arziydi


Manzil tomon uzoq yo'l kechib
Yo'llarida tugunin yechib
To'yib to'yib zam zam suv ichib
Onam hoji bo'lsa arziydi


Poyi jannat osmonda oyim
Qabul bo'lsin qilgan duoyim
Madinaga borar iloyim
Onam hoji bo'lsa arziydi


Kuzatayin sochlarin tarab
Yaxshi kunda koriga yarab
Qo'ymay quchib kabaga qarab
Onam hoji bo'lsa arziydi


Har o'g'ilga eslatay farzin
Yaratgan zot tinglaydi arzin
Sarvar Mirzo to'lasin qarzin
Onam hoji bo'lsa arziydi
Otam hoji bo'lsa arziydi


Muallif Sarvar Mirzo
25.08.2022. 22:46


https://t.me/mp3otaona