Get Mystery Box with random crypto!

Diqqat-diqqat! O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishl | QMA Moynaq rayonı Qánigelestirilgen mektep


Diqqat-diqqat!

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023-yilning 17-yanvarigacha davom etadi.

Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan qo‘shimcha ta’til kunlari o‘quvchilarning intellektual, ma’naviy, axloqiy kamol topishiga ko‘maklashish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazib, kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida quyidagi online ko‘rik-tanlovlar va kitobxonlik mashg‘ulotlari o‘tkaziladi:

“Men eshitgan ertaklar” ko‘rik-tanlovi barcha maktab o‘quvchilari o‘rtasida 4-17 yanvar kunlari;

“Har kuni bir kitob” ko‘rik-tanlovi barcha maktab o‘quvchilari o‘rtasida 4-17 yanvar kunlari;

“Kitobxon o‘quvchi” ko‘rik-tanlovi feysbukda 5-,11-sinflar o‘rtasida 5-17 yanvar kunlari;

“Kun kitobxoni” barcha maktab ijodkor o‘quvchilari o‘‘rtasida 5-17 yanvar kunlari;

“60 daqiqa kitobxonlik” nomi ostida yozuvchilar bilan barcha maktab o‘quvchilari ishtirokidagi onlayn ijodiy uchrashuv.


Har bir ko‘rik-tanlov haqidagi to‘liq ma’lumotlar Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasida e‘lon qilingan.

Ushbu ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site