Get Mystery Box with random crypto!

​​NEGA BIZ ULARDAN VOZ KECHA OLMAYMIZ? Yangi yil oldi barcha | Moviy.Uz

​​NEGA BIZ ULARDAN VOZ KECHA OLMAYMIZ?

Yangi yil oldi barcha insonlar o‘zlariga bu yil nimalarga erishishlari haqida yangi maqsadlar qo‘yishsa kerak, lekin bundan oldin biz ba'zi bir yomon odatlardan qutilish va vaqtimizni to‘g'ri taqsimlash kerakligi haqida o‘ylaymiz.

Bizga foyda keltimasligini bilamiz-u, lekin nega qilamiz?
Yomon odatlar o‘zi nima?
Nega biz ularni yo‘q qila olmaymiz?

Buni bir qancha misollar orqali ko‘rib chiqsa bo‘ladi. Masalan, tarkibida kimyoviy moddalar ko‘p bo‘lgan narsalarni sevib iste'mol qilamiz. Xo‘sh, nega?

Insonlar o‘zlariga ma'qul ko‘rgan narsalarni qilishni yoqtirishadi va kunlik hayotlaridagi odatlarini boshqasiga almashtirishni yoqtirishmaydi. Chunki, bu noqulay. Ko‘pchiligimiz har doim qilib yurgan ishimizni qilishni yoqtiramiz va shu orqali bezovta bo‘lmaymiz. Shuning uchun ko‘pchilik jismoniy mashqlar bilan shug'ullanmaydilar va ular noqulayliklarni yoqtirishmaydi.

Lekin bularni o‘zgartirish payti kelgandir. Avvalo, bu odatlarni barchasini biz aniqlashimiz lozim. Negaki, biz uchun qaysi yomon va qaysi yaxshi odat. Yomon odatlar - foydasidan zarari ko‘proq amallar. Masalan: Dangasalik, yolg'on gapirish, kech uxlash, va hokazo.
Deyarli ko‘p holatda biz yomon odatlarni vaqtimiz to‘g'ri taqsimlanmaganligi orqali keltirib chiqaramiz yoki qaytarib olamiz. Inson bu holatdan qutilish uchun o‘zini ayblashni boshlaydi va o‘zingizni ayblashdan to'xtang!

Yomon - yaxshi. Biz amallarimizni aniqlab, avvalo, ularni kelib chiqish sababini (ildizini) o‘rganishimiz lozim. Chunki bu narsani ichkaridan davolashni boshlash kerak. Keyin esa shu holatga sabab bo‘luvchi narsalardan uzoqlashish va ularni o‘rnini yaxshilariga to‘ldirish darkor. Boshida qiyin bo‘lib, bu tez amalga oshmasligi mumkin. Bu qadamma qadam erishish va to‘xtab qolmaslikni talab qiladi.

Esingizda tuting, biz yomon odatdan uzoqlashib, yaxshilari paydo bo‘layotgan paytda taslim bo‘lib qolamiz va eskisini qaytarib olamiz!

MOVIY.UZ

Ma'lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, yaqinlaringizga ham ulashing va bu orqali siz kanalimiz rivoji uchun o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz!
Obuna bo‘lishni unutmang!