Get Mystery Box with random crypto!

​​TABIAT MO‘JIZASI | QOR PARCHA Barchangiz qor parchasining q | Moviy.Uz

​​TABIAT MO‘JIZASI | QOR PARCHA

Barchangiz qor parchasining qanday qilib har xil shakllarda, boshqasiga o‘xshamagan holda bo‘lishi qiziqtirgan bo‘lsa kerak.

Qor parchasi - muz kristali bo‘lib, uning 95% ini suv tashkil qilganligi bois, yer atmosferasiga qor shaklida taxminan 0.9km/soat tezlikda sekin tushadi. Qor parchasi muz kristallidan tashkil topgan, lekin bizning ko‘zimizga uning rangi oq bo‘lib ko‘rinadi. Xo‘sh, nega?

Qor parchasining kristall qirralari orqali yorug'likning butun spektrini tarqoq aks ettiradi va buning natijasida qor parchasi bizning ko‘zimizga oq rangda ko‘rinadi.

Qor parchasining shakliga kelsak, bizning atmosferamizdagi harorat va namlik o‘zgarishiga qarab har xil tezlikda va turli xil shakllarda bo‘lgan qor parchalari tushadi. Shuning uchun 2 ta qor parchaning bir-biriga o‘xshash bo‘lishi dargumon. Hattoki, ularning o‘lchamlari ham bir-biridan farq qiladi.

Biz bu holatga ko‘p uchraganmiz, nega oyoq ostidagi qor "g'irchillaydi" ?

Agar oyoq ostidagi qor "g'irchillasa" demak havo harorati -5°C yoki undan ham pastlab ketganligini bildiradi. Endi, bu holat ro‘y bersa ham hayron bo‘lmaysiz.

Moviy.Uz

Ma'lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, yaqinlaringizga ham ulashing va bu orqali siz kanalimiz rivoji uchun o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz !
Obuna bo‘lishni unutmang !