Get Mystery Box with random crypto!

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

Telegram kanalining logotibi moturidiyuz — Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi I
Telegram kanalining logotibi moturidiyuz — Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Kanal manzili: @moturidiyuz
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.13K
Kanalning ta’rifi

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
🔹Websayt: https://moturidiy.uz/oz
🔹 facebook.com/moturidiyuz
🔹 instagram.com/moturidiyuz
🔹 tiktok.com/@moturidiyuz
Murojaat uchun: @moturidiyuz_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-07-07 11:49:04
Xushxabar: Buxorodagi 7 ta madaniy meros obʼekti Islom olami madaniy merosi roʼyxatiga olindi

Batafsil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | TikTok | moturidiy.uz
130 views08:49
Ochish/sharhlash
2022-07-07 11:43:01
#E'TIROF #Yangiliklar

IMOM MOTURIDIY ENG YUKSAK POG‘ONALARNI BU ASARDA GAVDALANTIRGAN

MUHAMMAD NAZIR AYYAD – Al-Azharning Islom ilmlari majmuasi Bosh kotibi (Misr):

Bu asar ahli sunna val jamoa, xususan, hanafiy mazhabi vakillari nazdida eng asosiy manba deb hisoblanadi.
“Ta'vilot ahli sunna” asari Imom Moturidiy rahimahullohning ilmi yetib borgan eng yuksak pog‘onalarni o‘zida gavdalantirgan. Bizning oldimizda buyuk bir asar turibdi va u o‘z muallifining buyukligi va qadri balandligiga dalolat ­qiladi, deb aytishimiz to‘g‘ri bo‘ladi.
Bu ishning o‘ta ahamiyatli ekanida hech qanday shubha yo‘q. Zero, bu asar naqlni bir chetga surib, aqlni muqaddaslashtirish yoki aqlni bir chetga surib faqat naql bilan cheklanib qolish da'vosi ostida ahli sunna val jamoa mazhabini ta'na qiluvchilar va ularga e'tiroz bildiruvchilarga raddiya berishda ulkan hissa qo‘shadi.

Abu Mansur Moturidiyning “TA'VILOT AL-QUR'ON” asari 30-juzi ­o‘zbek tilida nashrdan chiqdi.
132 views08:43
Ochish/sharhlash
2022-07-06 17:09:04
YANGI NASHR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda Imom Moturidiy hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish, Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limoti davomchilari sanalgan olimlar haqida badiiy asarlar yaratish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi tomonidan “Imom Moturidiy” romani nashr etildi.

Batafsil: https://moturidiy.uz/oz/news/1420

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | TikTok | moturidiy.uz
152 viewsedited  14:09
Ochish/sharhlash
2022-07-06 16:01:31
QURBON HАYITI NАMOZINI OʼQISh VАQTLАRI

Eslatma:
Oʼzbekiston musulmon­lari idorasi ulamo­lari to­moni­­­dan 2022 yilda Qurbon hayiti­­ning birinchi kuni shu yil 9 iyul, shanba kuniga toʼgʼri kelishi haqida xulosa qilingan.

Ushbu jadval­da koʼrsa­­­­til­gan vaqt­lar quyosh chiqqani­­­dan keyin 15-20 daqiqa­lik farq­­ni inobatga olib belgilan­di.

#QURBON_HАYITI
Oʼzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | TikTok | moturidiy.uz
1.1K views13:01
Ochish/sharhlash
2022-07-06 12:18:45
#Yangiliklar

London shahrida "Din va eʼtiqod erkinligi" mavzusida xalqaro konferensiya boʼlib oʼtmoqda

Konferensiyada 100 dan ziyod davlatlardan 700 ga yaqin vazirlar, olimlar, mutaxassislar, turli din vakillari ishtirok etmoqda.

Batafsil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | TikTok | moturidiy.uz
164 views09:18
Ochish/sharhlash
2022-07-06 07:18:17
#Haj2022

O‘zbekistonlik ziyoratchilar haj amalini ado etishga hozirlik ko‘rmoqdalar

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | TikTok | moturidiy.uz
170 views04:18
Ochish/sharhlash
2022-07-05 18:05:18
#Kun_hadisi

Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: "Qayerda bo‘lsang ham. Allohga taqvo qil. Yomonlikka yaxshilikni ergashtir. Bu uni o‘chiradi. Odamlarga husni xulq ila muomala qil", dedilar". Termiziy rivoyat qilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | TikTok | moturidiy.uz
176 views15:05
Ochish/sharhlash
2022-07-05 17:57:56
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Kimni Iso (alayhis-salom)ning tavozelariga qarash xursand qilsa, bu kishiga qarasin», deb qaysi sahobiyni aytgandilar?
Anonymous Quiz
32%
Abu Dujona Simok ibn Xorosha (r.a.)
20%
Abdulloh ibn Qays Ash’ariy (r.a.)
36%
Sa’d ibn Molik Xudriy (r.a.)
12%
Jundub ibn Junoda Gʻiforiy (r.a.)
25 voters158 views14:57
Ochish/sharhlash
2022-07-05 16:57:15
#E’TIROF #Videolar

“TA’VILOT AL-QUR’ON” NASHRDAN CHIQDI

“TA’VILOT AL-QUR’ON” ASARINING 30-JUZI HAQIDA

Nuriddin domla XOLIQNAZAROV - O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy

YouTube da:



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | TikTok | moturidiy.uz
162 views13:57
Ochish/sharhlash
2022-07-05 08:03:49
#Yurtimiz_allomalari

QIVOMUDDIN ITQONIY – HANAFIY-MOTURIDIY ALLOMA

Olimning to‘liq ismi Qivomuddin Amir Kotib ibn Amir Umar ibn Amir G‘oziy Farobiy Itqoniy bo‘lib, u 1286-yilda Sayhun daryosi sohilidagi Farob shahriga qarashli Itqon qasabasida tug‘ilgan. Olim “Itqoniy”, “Farobiy”, “Turkistoniy” va “O‘troriy” nisbalari bilan tanilgan. Laqabi Qivomuddin. Ba’zi manbalarda ismi Lutfulloh ekani ham ta’kidlangan.

Hanafiy fiqhida yuksak ilm sohibi bo‘lgani va bu mazhabga taassub darajasidagi bog‘liqligi sababli “Abu Hanifa” kunyasini olgani ham zikr qilinadi. O‘zi kabi ota-bobolarining ismida ham “amir” so‘zining uchrashi uning davlat arbobi oilasiga mansub bo‘lganiga ishora qilmoqda.

Batafsil: https://moturidiy.uz/oz/news/1417

Oybek Sotvoldiyev-Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi yetakchi ilmiy xodimi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | TikTok | moturidiy.uz
173 views05:03
Ochish/sharhlash