Get Mystery Box with random crypto!

Hayot - biz oʻylaganchalik oson emas! Baʼzi insonlar uchun ha | MotiveZoneUz

Hayot - biz oʻylaganchalik oson emas!

Baʼzi insonlar uchun hayot juda oson va tez muvaffaqiyatga erishish mumkindek tuyuladi. Bu hozirgi jamiyatda katta muammolardan biri hisoblanadi.

Biz oson va silliq boʻlgan yoʻlni paydo boʻlishini kutamiz. Qiyinchiliklarga duch kelishini umuman istamaymiz.

Eng yomoni muammolarimizni hukumat (davlat) hal qilib berishini kutamiz. Hech qanday harakat va toʻlov qilmasdan, sovgʼalarga ega boʻlishni kutamiz.

Bu haqiqatdan juda yiroq boʻlgan qarashdir. Hayot biz oʻylaganchalik oson emas. Hayot - bu kurashdan iborat. Harakat, mehnat, oʻz ustida ishlash va hakozolar bizni oson va oʻzimiz kutgan hayotga yetaklaydi.

Agar biz, hayotning qiyinchiliklarini toʻgʻri anglab yetmas ekanmiz, hayotda koʻplab yoʻqotishlarga duch kelamiz va hech qachon muammolar yechimini topa olmaymiz!


@MotiveZoneUz