Get Mystery Box with random crypto!

​​O’zgarmasang o’zgartira olmaysan … 1. Hazrati Rumiyni “duny | Motivatsiya|Rivojlanish

​​O’zgarmasang o’zgartira olmaysan …

1. Hazrati Rumiyni “dunyoni o’zgartirish” haqidagi jumlalarini hamma keltiradi (men yana qaytarib o’tirmadim). Lekin aksar insonlar unga harakat qiladi xolos.

2. Ertalab turib yugurish foydalimi ? Bu savolni 10 ta insonga bersang kamida 9 tasi “Ha” degan javobni beradi. Siz yugurasizmi desang bahonalarini eshitasan. Demak dunyo biluvchilar bilan to’la.

3. Amal biz oqsayotgan eng katta nuqta (biz dedim hech kim mukammal emas). Allaqayerda o’qigan edim: “Inson komil bo’la olmaydi lekin unga harakat qilishi kerak”.

4. Bir xatoni ikkinchisiga qilmaslik o’sha “harakat” bo’lsa kerak. Yana bilmadim. Lekin buni ham eplay olmaymiz.

5. Shunchaki aytaman bizni odatlar odam qiladi. (Odam deganda - nimadirga erishishni nazarda tutdim)

6. O’zim o’zgarishim, bilganlarimga ko’proq amal qilishim va ulashish uchun shu yerda yozmoqdaman.

Axir o’zgarmasam o’zgartira olmayman (Gaplarim faqat o’zimga tegishli, lekin manfaat berishidan umidvorman.)

P.S.
Adashmasam post ostida izoh yozish uchun joy bor yoki chiqib turadi. Endi nima qilishni bilasan.


@Liderlaruzb – kanalini kuzatib boring!