Get Mystery Box with random crypto!

Qayiq Bir qayiqchining kichik qayig‘i bor ekan. Qayiqning ik | Motiv blog I Mirafzal Ozodov

Qayiq

Bir qayiqchining kichik qayig‘i bor ekan. Qayiqning ikki eshkagi bo‘lib, ularning birida “niyat”, ikkinchi eshkakda esa “harakat” deb yozilgan. Qayiqqa mingan odamlar bu yozuvlar sababini so‘rasa, qayiqchi shunday javob berar ekan:

– Agar men faqat “niyat” deb yozilgan eshkakni harakatlantirsam, u holda qayiq bir joyda aylanib qolaveradi. Agar faqat “harakat” deb yozilgan eshkakni harakatlantirsam ham, qayiq bir joyda aylanaveradi. Agar ikkalasini baravar aylantirsam, shundagina qayiq manzilga yetadi.

P.s: Inson ham faqat niyat qilsa-yu, harakat qilmasa, bir joyda aylangan qayiq kabi manzilga yetmaydi. Maqsadga yetish uchun avval “niyat” va “harakat” bo‘lishi kerak.

Eng sara motivatsiyalar
Telegram I Instagram I Youtube