Get Mystery Box with random crypto!

Sen har doim atrofingda yaxshi insonlar bo'lishi istaysan. Bu | Motiv blog I Mirafzal Ozodov

Sen har doim atrofingda yaxshi insonlar bo'lishi istaysan. Bu sening ularga nisbatan ishonchli bo'lishing va ular ortidan faxrlanib yurishing uchun juda muhim. Lekin, hech o'ylab ko'rganmisan, atrofingdagilar ham o'z yonidagilarni yaxshi va faxrlangulik bo'lishini istashadi. Sendan hech bir naf tegmas ekan, ko'cha-ko'yda shunday tanishim bor deb kerilib yurolmas ekan, ular senga muhtoj emas.

Shunday ekan, sen faqat atrofingda munosiblar bo'lishi emas, sen o'zing munosib inson bo'lish haqida o'yla. Doim harakatda bo'l. Atrofdagilardan nimadir ol, lekin, darhol o'zingdagi nimanidir ulash. Bu hisob-kitobni hech qachon buzma. Shunda yaxshilarning o'zi atrofingda to'plana boshlaydi. Yoxud to'planganlar orasidan eng munosiblarini o'zingga do'st deb bilishga imkoning bo'ladi.

Ammo, o'zim zo'rman deb, hech qachon atrofingda takasaltang, dangasa, tilyog'lamalarni to'plab olma. Chunki, ular sendan nimadir yaxshilik olsa, albatta o'rniga o'z yomonligidan yuqtiradi. Shuning uchun kerakli insonlaringni boyligi yoki tashqi ko'rinishiga qarab emas, farosati va saviyasiga qarab jamla. O'zing esa ularga loyiq bo'lish uchun yana va yana harakat qil.

Ya'ni, bir qonuniyatni hech qachon buzma! Muvaffaqiyatlilar oldida muvaffaqiyatsiz bo'lishning ham, munosib bo'lmaganlar oldida munosib bo'lishning ham oxiri hech narsa. Birlari seni keraksizga chiqaradi, birlari o'ziga o'xshatib qo'yadi!

Eng sara motivatsiyalar
Telegram I Instagram I Youtube