Get Mystery Box with random crypto!

​​Sadio Manening siniq Ayfoni ortidagi haqiqat Liverpul jamoa | MOTIVATSIYA

​​Sadio Manening siniq Ayfoni ortidagi haqiqat

Liverpul jamoasi aʼzosi Sadio Manening qoʻlidagi ekraniga darz tushgan Ayfon koʻpchilikning diqqatini tortdi. Kuniga 20 ming dollar topadigan futbolchini ziqnalikda ham ayblashdi. Bunga nisbatan Sadioning munosabati koʻpchilikni taʼsirlantirdi:

"Menga qimmatbaho Ayfon yoki oʻntalab ferrari, yigirmatalab brilliant soat yoki shaxsiy samolyotlarim bor-yoʻqligiga qarab baho berishlarini istamas edim. Hayotimda ogʻir damlar boʻldi — ochlikdan qiynalgan, dalada mehnat qilib, kun koʻrgan kunlarimdan ular bexabar boʻlishsa kerak. Bugun esa futboldan topayotgan pulim bilan qiyinchilikda yashayotganlarga yordam beryapman, maktablar qurib, stadionlar tiklayapman.

Har oyda Senegalda joylashgan qishlogʻimdagi oilaga 70 yevrodan pul ajrataman. Qimmatbaho mashina, dangʻillama uy, sayohatning menga keragi yoʻq. Men uchun hayot mohiyati — topganimni boshqalar bilan boʻlishishdir".


Yaqinlaringizga ulashing!