Get Mystery Box with random crypto!

Bill Geyts dunyodagi eng boy odam boʻlgan paytlar kimdir unga | MOTIVATION | MIRSHOD ADIZOV

Bill Geyts dunyodagi eng boy odam boʻlgan paytlar kimdir unga savol beribdi:

– Dunyoda sizdan ham boyroq inson bormi?
– Ha, – deb javob beradi Bill Geyts. – Mendan ham boyroq bir inson bor. U paytlar men hali mashhur yoki boy emasdim.
Bir kuni Nyu-York aeroportida gazeta sotayotgan kishini koʻrdim. Undan gazeta sotib olmoqchi boʻlib, hamyonimni ochsam, mayda pulim yoʻq ekan.
Keyin gazetani sotuvchiga qaytarib berdim. Unga qarab “Mayda pulim qolmabdi, gazetangizni sotib ololmayman”, dedim. Shunda sotuvchi “Mayli, sizga tekinga beraman”, dedi. Men noiloj gazetani oldim. Oradan 2-3 oy oʻtib tasodifan men yana oʻsha aeroportga qoʻndim va bu safar ham gazeta sotib olish uchun mayda pulim yoʻq edi. Sotuvchi yana qoʻlimga gazeta tutdi. Men bu safar ham mayda pulim yoʻqligini aytib, gazetani rad qildim. U menga yana “Olavering, oʻzimning hisobimdan beryapman. Bu bilan men zarar koʻrmayman”, dedi. Men gazetani oldim.

Oradan 19 yil oʻtib men mashhur boʻlib ketdim, butun dunyo meni taniy boshladi. Keyin toʻsatdan oʻsha sotuvchi esimga tushib qoldi. Uni rosa izladim va bir yarim oy deganda topdim. Undan “Meni taniyapsizmi?” deb soʻradim.

– Ha, siz Bill Geytssiz, – dedi u.
– Esingizdami, bir safar siz menga tekinga gazeta bergansiz? – dedim.
– Esimda, ikki marta berganman, – dedi sotuvchi.
– Oʻsha vaqt qilgan yordamingiz haqini toʻlamoqchiman. Tilang tilagingizni, meni uni ado etaman, – dedim shoshgancha.

Sotuvchi menga qarab turdi-da, dedi:

– Janob, siz shu bilan mening yaxshiligimga toʻla javob qaytara olaman, deb oʻylaysizmi? Bu bilan qarzingiz uzilib qolmaydi-ku.
– Nega? – hayron boʻldim men.
– Men sizga kambagʻal sotuvchi boʻlgan paytim yordam berganman, siz esa badavlat boʻlgachgina yordam bermoqchisiz. Dunyodagi eng boy odamga aylangach qiladigan yordamingiz mening nochor paytda qilgan yordamimga qanday qilib teng boʻladi? – dedi u.

Oʻsha kuni gazeta sotuvchisi mendan ham boyroq, mendan ham badavlatroq ekanini angladim. Chunki u odamlarga yordam berish uchun boyib ketishni kutmagan. Haqiqiy boy odam bu – puli koʻp odam emas, balki yuragi boy odam hisoblanadi.

Odamlar shuni tushunishi kerak: kimgadir mehribonlik qilsangiz, koʻrinishingiz qanday boʻlmasin, siz dunyodagi eng koʻrkam insonga aylanasiz.

Sizning motivatsiyangiz
@Motivatsiyalar_olami