Get Mystery Box with random crypto!

MOTIVATSIYA•HD | Vizitka

Telegram kanalining logotibi motivatsiyahd — MOTIVATSIYA•HD | Vizitka M
Telegram kanalining logotibi motivatsiyahd — MOTIVATSIYA•HD | Vizitka
Kanal manzili: @motivatsiyahd
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 129
Kanalning ta’rifi

Kanalimiz bu yerda 👇👇
https://t.me/ -fOx7KngT35kZThi

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-07-11 21:37:00
Odatda oʻzidan kuchsizlarni gʻiybat qilishmaydi

Odatda oʻzidan orqadagilarga hasad qilishmaydi

Keyingi safar kimdir sizni gʻiybat qilsa, kimdir sizga hasad bilan qarasa, bilingki, siz undan kuchlisiz. Siz undan oldindasiz

@MOTIVATIONHD
4.1K views18:37
Ochish/sharhlash
2022-07-11 21:36:21
Ustoz Shifudan 100 ta dars

9-dars Prussiyalik onalar aytgan allalar


-Panda, senga nemis sifati haqida aytib beraman:

Prussiya. XIX asr o'rtalari.
Ona alla aytmoqda:

"Vatanga yov bostirib keldi. 2 qo'shin jang qilardi.
Bizning sarkarda halok bo'ldi.
Uni ko'rib qo'shinda parokandalik boshlandi.
Bundan foydalangan dushman qo'shinimizni yengdi.
Shahar istilo qilindi.
Xalq tahqirlandi.

Sabab?
Nega shahar dushman qo'liga o'tdi?
Chunki qo'shin yengildi.

Qo'shin nega yengildi?
Chunki sarkarda halok bo'ldi.

Sarkarda qanday halok bo'ldi?
Otdan yiqilib.

Otdan nega yiqildi?
Chunki taqachi bitta mixni qoqmagandi.

1 dona mix deb butun boshli bir xalq qul qilindi."

Alla tugadi.

Endi o'zing o'yla Panda!

Hali beshikdaligidayoq har bir ishga mas'uliyat bilan yondashishni singdirishgan. Oddiy ishchi bo'lsang ham professional bo'l deyilmoqda. Mana gap qayerda.

-Ustoz bizdachi?

-Bizda ba'zi onalar alla o'rniga telefonda qo'shiq qo'yib berishayotgani uchun artistlar ko'payib ketyapti Po...


Manba

@MOTIVATIONHD
3.7K views18:36
Ochish/sharhlash
2022-07-10 19:48:20
— Qancha qadam bosib qoʻyganing haqida oʻyla. Taslim boʻlishga shunchaki haqqing yoʻq.

— Magʻlubiyat muvaffaqiyatning teskarisi emas. Uning bir qismi

— Eng yaxshi qasos ulkan muvaffaqiyat

@MOTIVATIONHD
4.4K views16:48
Ochish/sharhlash
2022-07-10 19:48:06
Ustoz Shifudan 100 ta dars

8-dars: Bozor

Panda!

1. Bozorga borsang, bo'shlik qilma. Aytgan narxga ko'nib olib ketaversang, lo'x ekan deb o'ylashlari mumkin.

Qancha so'rashsa, yarim narxiga 20% qo'shib savdolash.
Masalan, 500 minglik narsani 250+100=350 ming degin.
Savdolashsang baraka bo'ladi.

Lekin juda maydalashib ham ketma, himmating pasayib ketadi.
Savdoda dadil bo'l.

2. Bozorga to'yib bor. Iloji boricha bozorda ovqatlanma. Ustozim Ugvey "Bozordagi ovqatga ko'pchilikning nazari tushadi, yo'l yuzida, odam ko'p o'tadigan joyda ovqatlanish odobsizlik bo'ladi" deb aytardi.

3. Oladigan narsalaringni avvaldan ro'yxatini tuzib bor. Dunyo bo'ylab 70-80% savdo ongli ravishda emas, hissiyotga berilib qilinadi.
Ehtiyojing bo'lmagan narsani olma.

4. Do'konga kirganda salom berib kir, alik olmagan, e'tibor qilmagan sotuvchilardan narsa olma.

5. Bir narsani qimmatroq olib qo'ysang, bozordan chiqqancha narxini solishtirib, "o'zimga kelalmeppan" deb siqilib yurma.

Asabni asra Po...

@MOTIVATIONHD
4.1K views16:48
Ochish/sharhlash
2022-07-09 21:56:34
— Taslim boʻlish fikri kelganda, nima uchun boshlaganimni eslayman.

— Qiyin boʻlganda, agar hozir taslim boʻlsam bundan oson boʻlmasligini oʻzimga uqtiraman.

— Qayta boshlashga toʻgʻri kelganda, bu gal noldan emas tajriba bilan boshlashimni bilaman.

@MOTIVATIONHD
4.4K views18:56
Ochish/sharhlash
2022-07-09 21:54:03
Ustoz Shifudan 100 ta dars

7-dars Muomala

Panda!


Dunyo kezib o'zbeklardek xushmuomala xalqni ko'rmadim.
Nihoyat senga ularning ''Muomala sirlari'' nomasini o'qib beraman.


Panda, kim bilan suhbatlashsang, ko'ziga qarab gapir.
G'arbda buni ''Eye contact'' deyishadi.
Bizda esa ishonch belgisi.

Tik boqishga uyalsang, qoshlarining o'rtasiga qara.
Yoshi katta insonlarga, begona ayollarga o'qrayma, iymoning saqla.

Kimni ko'rsang, Sizlab gapir, tabassum qil va birinchi salom ber.
Panda, bizlarga bejizga 2 ta quloq va 1 ta og'iz berilmagan.
Bu ko'proq tinglab, kamroq gapirish kerak degani.

Vaziyatga doim suhbatdoshing tarafdan nazar sol.
Chunki sen nima deganing emas, u tomondan qanday eshitilgani muhim.

Nutqing ravon bo'lsin uchun ko'p kitob o'qi!
Ovozlaringni mashq qil. Shuhrat Qayumov, Abdukarim Mirzayev, Najot Nur kabi Ustozlarning darslarini ko'r.

Yana nutqingni tasmaga yozib, o'zing eshit.
Shunda qolganlarni qanchalik qiynab kelayotganingni o'zing ham his qilasan.

@Muhammadali_Eshonqulov
3.8K views18:54
Ochish/sharhlash
2022-07-08 22:11:20
Қурбон хайит байрами барчангизга муборак бўлсин ҚАДРДОНЛАРИМ

Яқинларни биринчи бўлиб
табрикланг

@MOTIVATIONHD
7.2K views19:11
Ochish/sharhlash
2022-07-08 19:10:14
Ustoz Shifudan 100 ta dars

6-dars

Yodingda tut Panda!

Ustozim Ugvey aytardi: "Erkak kishidan oyligini, ayol kishidan yoshini so'rashmaydi.
Yigit kishi tizzasini ko'rsatib yursa barakasi qochadi. Hayo degan narsa faqat ayollarda emas, erkaklarda ham bo'lishi kerak. Ayol kishi bilan qo'l berib so'rashish odobsizlik bo'ladi."


Yana bir nozik masalaga diqqat qil Po!

O'zbek erkaklariga ''To'lishibsizmi'' desang, ba'zan maqtov sifatida qabul qilinishi mumkin.
Odatda javob sifatida qorniga urib qo'yib, ''Avtoritetda bu'' deb qo'yishadi. Nima emish, ichiga tortganda bilinmasa qorinmas emish.
Qorinni oziyam ko'p. Sport bilan shug'ullanib, ixchamgina bo'lib yurish kerak. Zero to'ldirilishi mumkin bo'lgan eng yomon idish qorindir.


Lekin qulog'im tinch bo'lsin, uzoq yashay desang, hech qachon, qaytaraman heech qachon ayol kishiga ''Semiribsizmi?" dema!

Hatto sendan ikkita kelgan taqdirda ham!

Boshing omon bo'lsin Po...

Muhammadali Eshonqulov

@MOTIVATIONHD
5.3K viewsedited  16:10
Ochish/sharhlash
2022-07-07 22:22:17
Арафа Муборак ҚАДРДОНЛАРИМ!!!

Яқинларни биринчи бўлиб
табрикланг


@MOTIVATIONHD
6.2K views19:22
Ochish/sharhlash
2022-07-07 17:23:41
Siz ham hamma kabi bo'lishingiz shart emas!

Bu bilan siz ham hamma kabi bir xil hayot tarzini tanlamang demoqchiman, ya'ni ishdan uyga va yana (ertalab) ishga bo'lib qolmasin. Batafsilroq aytadigan bo'lsak, siz ko'p ish va amallarga vaqt ajrating.

Biz bularni quyidagicha aytmoqchimiz:
• Din
• Oila
• Ish
• Sayohat
• Shaxsiy rivojlanish
• O'z vaqtida siyosat
• Qo'shimcha vaqt

Men yuqoridagilarni shunchaki taklif qilaman xolos. Siz esa o'zingizga mos va ma'qul keladigan reja tuzib olishingiz mumkin.

P.s: Zero, tuzgan rejangiz o'zingiz va yaqinlaringiz uchun foydali va munosib bo'lsin. Barcha amallaringizni savob yo'lida qilsin, xayrli qilsin, barokatli qilsin. InshaAlloh.

@biznes_talim kanaliga obuna bo'ling.
4.4K views14:23
Ochish/sharhlash