Get Mystery Box with random crypto!

Daryo boʻlib yashang Ustoz hamisha hayotdan nolib yuradigan, | MOTIVATSIYA_PSIXOLOGIYA_AFORIZMLAR

Daryo boʻlib yashang

Ustoz hamisha hayotdan nolib yuradigan, oʻzini baxtsiz hisoblaydigan shogirdiga piyolada suv uzatdi-da, unga bir siqim tuz aralashtirib, tatib koʻrishni buyurdi. Yigit aytilgan ishni qildi.
– Taʼmi qanaqa ekan? – soʻradi ustoz.
– Shoʻrligidan tilni oʻyaman, deydi-ya!
Ustoz shogirdini daryo boʻyiga olib bordi. Yana bir siqim tuz uzatar ekan, dedi:
– Endi buni daryoga tashlab, suvning mazasini totib koʻr.
Yigit bu safar suvni huzur bilan ichdi.
– Xoʻsh, shoʻrligi sezildimi? Mazasi qanaqa ekan?
– Ajoyib. Shoʻri yoʻq boʻlib ketibdi, umuman sezilmadi.
Bu soʻzlardan mamnun boʻlgan ustoz nasihat qildi:
– Hayot qiyinchiliklari bir siqim tuzdek gap. Qalbingni keng qilsang, bilinmay ketadi. Hayotda misoli bir piyola suv emas, daryo boʻlib yashashni oʻrgan!..


@motivatsiya_psixologiya_biznes