Get Mystery Box with random crypto!

Motivatsiya olami

Telegram kanalining logotibi motivatsiya_olamihd — Motivatsiya olami M
Telegram kanalining logotibi motivatsiya_olamihd — Motivatsiya olami
Kanal manzili: @motivatsiya_olamihd
Toifalar: Bloglar , Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 577
Kanalning ta’rifi

"Ertaga" hech qachon kelmaydigan kun!
Ads Admin: @Janob_motive
https://www.youtube.com/@Motivatsiya_olami
Reklama agentlik: @rg_agentlik

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 85

2022-09-19 19:59:02
Odamlarga hayotingni qizig'i yo'q. O'zing uchun mustaqil qaror chiqarishni òrgan, Maqsad qo'y, Harakat qil, erish tamom. Hayotga o'zgacha kòz bilan qarashni o'rgan!

@Motivatsiya_olamiHD - Bo'lajak MILLIARDERLAR kanali!
4.9K views#YOSINXON , 16:59
Ochish/sharhlash
2022-09-19 09:45:36
5.2K views#YOSINXON , 06:45
Ochish/sharhlash
2022-09-18 20:00:18
O'z orzusidagi insonga aylanish uchun kimdir ruhlantirishini kutayotgan odamlar juda ko'p. Ammo ularga yordamga hech Kim kelmaydi.
Bunday odamlar avtobus yurmaydigan yo'lda turib olib uni kutayotgan yo'lovchiga o'xshaydi. Ular o'zlari mas'uliyatni yelkalariga olishmasa, oxir oqibat umrlari kutish bilan o'tib ketadi.

Boshqa birov kelib sizga nimadir qilib berishini kutib o'tirmasdan masuliyatni o'z zimangizga oling

@Motivatsiya_olamiHD - Bo'lajak MILLIARDERLAR kanali!
5.5K views#YOSINXON , 17:00
Ochish/sharhlash
2022-09-18 17:40:01 Kunlarning birida Xemanguey, hech bir insonni befarq qoldirmaydigan bir necha so'zdangina iborat, qisqa hikoya yozishi to'g'risida bahslashib qoladi.
Ijodkor ushbu bahsda yutadi:

"Bolalar oyoq kiyimi sotiladi, kiyilmagan."


@Motivatsiya_olamiHD - Bo'lajak MILLIARDERLAR kanali!
5.1K views#YOSINXON , 14:40
Ochish/sharhlash
2022-09-18 17:33:17
O'z yo'lingni yarat !
Motivatsion videorolik

@Motivatsiya_olamiHD - Bo'lajak MILLIARDERLAR kanali!
5.1K views#YOSINXON , 14:33
Ochish/sharhlash
2022-09-17 19:37:55 ​​Muhit "qafasi"dan chiqing!

Hamma nimalardir qiladi va nimalarnidir qilmaydi. Biz ham bu "muhit karvoni" yo'nalishida harakatlanamiz. Aynan shu yerdan bizning orzu-maqsadlarimiz "o'lishni" boshlaydi. Atrofdagilardan ko'r-ko'rona olgan salbiy o'rnaklarimiz sabab, beixtiyor orzularimizni unutamiz. "Boshqalar tinch yuribdi, yaxshigina yashashyapti-ku", deymiz o'zimizga-o'zimiz . . . Orzu-maqsadsiz muhit ortiga berkinamiz. Shu bilan vijdonimiz oldida o'zimizni oqlab olamiz. "Hamma" kabi yashaymiz, "hamma" bo'lib o'lamiz. Mana shu "hamma"ga singib ketish tufayli ichimizdagi Qudratli Insondan ayrilamiz . . .

Siz hayotingiz mana shu "ssenariy"da davom etishini xohlaysizmi? Boshqa "ssenariy"ga - "Barchasiga qodir inson!" hikoyasiga o'tish vaqti kelmadimikan? Orzu-maqsadlari sari intiluvchi Kuchli SHAXS bo'lish payti!

Muhitdan ajralib chiqing. Har qanday ishni uddalay oladigan inson ekanligingizni tan oling ! Va harakatni boshlang. "Hamma"ning hayotini yashab o'tishni emas, o'z hayotingizni yashashni tanlang. "Begunoh" orzularingizning shunchaki nobud bo'lishiga yo'l qo'ymang. "Hamma" Sizga ishonmasa ham, o'zingizga ishoning va barcha maqsadlaringizga erishing! Axir, Siz shuning uchun ham yaralgansiz! Ko'lga tomgan sut tomchisi bo'lishni xohlamasangiz kerak? . . Unda ko'lga tommang! O'Z IDISHINGIZDA qoling. O'z yo'lingizda qoling!

Ishoning! Balki "hamma" barchasiga qodirmasdir, lekin Siz hammasiga qodirsiz! Muhit "qafasi"dan chiqib, erkinlikda parvoz eting!

@Motivatsiya_olamiHD - Bo'lajak MILLIARDERLAR kanali!
6.3K views#YOSINXON , 16:37
Ochish/sharhlash
2022-09-17 09:36:59
Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar.

1. Doimo yaxshi odamlar bilan emas, to‘g‘ri odamlar birga bo‘lish kerak.

2. Mablag‘ doimo yetarli, faqat o‘z orzusi uchun o‘zini qurbon qila oladigan umidli odamlar kam.

3. Odamlarni yutuq va muvaffaqiyatlaridan emas, xatolaridan o‘rganish kerak.

4. Taslim bo‘lmaslik kerak. Bugun og‘ir, ertaga battar qiyin, lekin indinga quyosh chiqadi.

5. Agar o‘zingiz sinab ko‘rmasangiz, imkoniyat borligini qayerdan bilasiz?

6. Agar taslim bo‘lmasangiz, sizda yana imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. Umidsizlik — eng katta muvaffaqiyatsizlik.

7. Raqobatdoshingizdan o‘rganing, lekin uning ishini qaytarmang, qaytarsangiz – o‘lasiz.

8. Hech qachon hukumat bilan tijorat qilmang.

9. Qo‘lingiz pul ko‘rsa, xato qilishni boshlaysiz, hech qachon 20 yil ichida bitadigan ishni 2 yil ichida yakunlashga urinmang.

10. Agar sizlar kuchlik bo‘lsangiz, aqlingizga ishoning, kuchingizga emas.

@Motivatsiya_olamiHD - Bo'lajak MILLIARDERLAR kanali!
6.5K views#YOSINXON , 06:36
Ochish/sharhlash
2022-09-16 19:59:02
So‘ngi yillarda tarixchi, siyosatshunos, sotsiolog, psixolog va falsafachilarga e’tibor biroz susaygandek. Ijtimoiy hayotda ularning o‘rni qanchalik muxim ekanligini quyidagi video orqali ilg‘ash mumkin.
 
Ps: Balki bu fan tarmoqlaridagi inqiroz uzoq vaqt davomida yagona mafkuraga xizmat qilish, plyuralizmning bo‘g‘ilishi natijasidadir...

@Motivatsiya_olamiHD - Bo'lajak MILLIARDERLAR kanali!
6.5K views#ROYAL , edited  16:59
Ochish/sharhlash
2022-09-07 04:43:49 ​​Har kuni yaxshi kitob o'qish natijasida, har qanday qo'pollik olovda yongandek yonib kul bo'ladi.

Viktor Mari Gyugo

@Motivatsiya_olamiHD - Bo'lajak MILLIARDERLAR kanali!
2.2K views#YOSINXON , 01:43
Ochish/sharhlash
2022-09-06 13:10:25 GENRI FORD haqida.

Aslida afsonviy Genri Ford hamda afsonaviy Ford T avtomobillari haqida juda ko’p va xo’p maqolalar yozilgandir. Ushbu mashina sabab, Amerika avtomobil sanoati mamlakatiga aylangani hech kimga sir emas. Hozirda ko’pchilik mashinalar konveyer ko’rinishida yi’g’ilishini yaxshi tushunib yetishadi. Shu bilan birga "detalni ta'mirlagandan ko'ra uni almashtirish osonroq" ekanligi hammaga ma’lum.
1890-yillarda u yosh mexanik sifatida Detroyt shtatining Michigan shahrida joylashga elektr kompaniyasida ishlardi. Ish juda o’g’ir edi va u undan biro z kamroq daromad kasb qilardi. Ish kuni kamida 10 soat davom etishiga qaramasdan u haftasiga jami 11 dollar maosh olardi.
 Ishdan uyga qaytgandan so’ng, bu yosh yigitcha ko'pincha o’z omborxonasida yarim kechasigacha “yangi dvigatel turi”ni ixtiro qilishga urinib vaqtini o’tkazardi. Bu yigitning amaldagi fermer otasi o’gli qimmatli vaqtini bekorga zoya ketkazayotganiga ishonchi komil edi. Qo'shnilar u aqldan ozgan, deb o'ylashardi. Uning ustidan hamma kulardi va hech kim uning qo’lidan foydali bir narsa kelishiga ishonishmasdi..
Mutlaqo hech kim, ammo uning xotini ishonardi...
 
 Faqatgina uning xotini uning tungi omborxonadagi ishlariga yordamlashar edi. Qish kunlari erta kech tushgani sababidan xotini uning tepasida kerosin chiroq yoqib turardi. Sovuqdan uning qo'llari ko’karib ketar va tishlari sovuqdan taqillab qolardi.

davomi bor...

@Motivatsiya_olamiHD - Bo'lajak MILLIARDERLAR kanali!
1.6K views#YOSINXON , edited  10:10
Ochish/sharhlash