Get Mystery Box with random crypto!

Motivatsiya olami

Telegram kanalining logotibi motivatsiya_olamihd — Motivatsiya olami M
Telegram kanalining logotibi motivatsiya_olamihd — Motivatsiya olami
Kanal manzili: @motivatsiya_olamihd
Toifalar: Bloglar , Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 577
Kanalning ta’rifi

"Ertaga" hech qachon kelmaydigan kun!
Ads Admin: @Janob_motive
https://www.youtube.com/@Motivatsiya_olami
Reklama agentlik: @rg_agentlik

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 11

2023-05-17 19:30:12
O'zingizning ishtiyoqingizni yo'qotmasdan, o'z ustingizdan ishlash va maqsadingizga erishish - muvaffaqiyat garovidir.

@Motivatsiya_olamiHD -
Bo'lajak MILLIARDERLAR kanali!
3.0K views#ROYAL , 16:30
Ochish/sharhlash
2023-05-17 18:51:23
Boy bilan kambag‘alning farqi, ularning vaqtdan qanday foydalanishlari.

​​Biznes g‘ildirak qobig‘iga o‘xshaydi. Siz itarishni boshlamaguningizcha hech narsa bo‘lmaydi.

Tez yuraman desang, yolg'iz yur, Uzoq yuraman desang, birgalikda yur!

Agar siz baxtli hayotga erishmoqchi bo'lsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, balki maqsadingizga bog'langan bo'lishingiz kerak. Albert Enshteyn

Urushda muhimi o'ldirishmas, omon bo'lish!
Gerakl (Qadimgi yunon pahlavoni)

PULNI AQL BILAN ISHLATA BILISH UCHUN, PULNI AVVAL AQLGA SARFLASH KERAK.

Boshqalar qilishni istamaydigan ishni siz hozir qilsangiz, kelajakda boshqalar yashashni orzu qilgan hayotda yashaysiz.

Badavlat bólishimiz uchun biz to'laydigan narsa bu vaqt. Badavlat bo'lganimizdan so‘ng boylik bizga vaqt beradi.

Hayot shunday hikmatlarga boyki, buni tushunishga umrimiz yetmaydi.

@Motivatsiya_olamiHD -
Bo'lajak MILLIARDERLAR kanali!
3.1K views#YOSINXON , 15:51
Ochish/sharhlash
2023-05-16 17:29:01 Қозоқ мақоллари

Агар ёмондан яхши туғилса, унинг ўхшаши йўқ, яхшидан ёмон туғилса, унинг давоси йўқ.

Таниш жойда инсонни, нотаниш жойда кийимини ҳурмат қиладилар.


Эркаклар кўп жойда ўтин, хотинлар кўп жойда сув танқис бўлади.

Ўзингни кучли санама, сендан кучлилар ҳам бор.

Шамнинг ёруғи ўзига тушмайди, одамнинг яхшилигини яқинлари билмайди.

Қўрқоққа ҳам ҳокимият керак, ҳам шуҳрат.

Қалинсиз қиз бўлса ҳам, қадрсиз қиз бўлмас.

foto
@Motivatsiya_olamiHD -
Bo'lajak MILLIARDERLAR kanali!
3.5K views#YOSINXON , 14:29
Ochish/sharhlash
2023-05-15 18:05:44
Odamlar bilim bilan aqlni adashtirishlarini yoqtirmayman. Odamda bakalavr diplomi bo'lsa ahmoq bo'lishi mumkin.

Ilon Musk

• Bakalavr diplomi yoki o'zi umuman olganda universitet ta'limini oldi degani, olim-daho bo'ldi degani emas.
• Insonning universitet bitiruvchisi yoki "diplomli" bo'lishi uni aqlli ekanini ifodalamaydi.

P.s. Sizni ham universitetda o'qiydigan, ammo ahmoq do'stlaringiz bormi?
– Unda bu postni ularga jo'nating:)


@Motivatsiya_olamiHD -
Bo'lajak MILLIARDERLAR kanali!
3.8K views#YOSINXON , 15:05
Ochish/sharhlash
2023-05-15 05:01:33
Sometimes you have to let go of the things you want to secure the things you need

Bazida, sizga kerak bo’lgan narsalarni saqlab qolish uchun siz istayotgan narsalardan voz kechishingiz kerak

@Motivatsiya_olamiHD - bo'lajak MILLIARDERLAR kanali!
3.8K views#YOSINXON , 02:01
Ochish/sharhlash
2023-05-14 18:19:08 ​​​Vaqt Uchun O’ylash Vaqti Keldi!

1.Ish uchun vaqt toping – bu muvaffaqiyat bahosi.

2.O’ylash uchun vaqt toping – bu kuch manbayi.

3.O’yin uchun vaqt toping – bu yoshlikning siri.

4.O’qish uchun vaqt toping – bu bilim poydevori.

5.Xudo uchun vaqt toping – bu diyonat yo’lidir.

6.Do’stlik uchun vaqt toping – bu baxt manbayi.

7.Sevgi uchun vaqt toping – bu hayotning muqaddas sovg’asi.

8.Orzu uchun vaqt toping – shunda ko’ngil yulduzlarga yetadi.

9.Kulgu uchun vaqt toping – bu hayot qiyinchiliklarini yengishga yordam beradi.

10.Go’zalik uchun vaqt toping – bu narsa hamma joyda mavjud.

11.Sog’lik uchun vaqt toping – bu hayot xazinasi.

12.Rejalashtirish uchun vaqt toping – bu oldingi 11 ishlarni bajarish uchun vaqt topish siridir!

@Motivatsiya_olamiHD -
Bo'lajak MILLIARDERLAR kanali!
4.5K views#YOSINXON , 15:19
Ochish/sharhlash
2023-05-13 18:31:29
HARAKATGA UNDOVCHI 4 SABAB

1. Maqsadingizning natijasini tasavvur qiling. Uni yozing.

2. Agar kamchilik sezsangiz, maqsadingiz yo'lidagi harakatlaringizga o'zgartirishlar kiriting.

3. O'zingizni rag'batlantiring. Biror ishni qilib bo'lsam, mana shu narsani olaman deb va'da bering o'zingizga.

4. Agar erinchoqlik ustun bo'lsa, maqsadga erisha olmasangiz nima bo'lishini tasavvur qiling. Hozir erinsangiz, ertaga ortda qolasiz.

@Motivatsiya_olamiHD -
Bo'lajak MILLIARDERLAR kanali!
5.2K views#YOSINXON , 15:31
Ochish/sharhlash
2023-05-04 05:38:02 #ибрат #киноя

Японияда ишлаб юрган кезларим бир куни ҳамкасбим — ўқитувчи Ямамотодан сўрадим:

— Японияда ўқитувчилар куни қачон? Сизларда уни қандай нишонлашади?

У менинг саволимга ҳайрон бўлди ва шундай жавоб берди:
— Бизда ўқитувчилар учун махсус байрам куни йўқ.

Унинг жавобини эшитиб, бунга ишониш-ишонмасликни билмай қолдим. Хаёлимдан бир фикр ўтди: Иқтисодиёти, фан-техникаси ривожланган мамлакат бўлса, ўқитувчини, унинг меҳнатини қадрлашмайди?

Кунларнинг бирида ишдан сўнг Ямамото мени уйига таклиф қилди. У мактабдан узоқда яшагани сабабли биз метрога тушдик. Кечқурун, "тиғиз вақт" бўлгани учун метро поездлари йўловчилар билан тўлган. Тиқилинчда бироз қийналиб, тутқични маҳкам ушлаб туришга тўғри келди. Тўсатдан ёнимда ўтирган бобо ўрнидан туриб менга жой бўшатди. Кекса одамнинг менга бундай муносабатини тушунмай, унинг таклифини қабул қила олмаслигимни айтдим. Аммо, у қарорида қатъий эди, мен ўтиришга мажбур бўлдим.

Метродан чиққандан кейин Ямамотодан оқсоқолнинг ҳаракатини тушунтиришини сўрадим. Ямамота табассум билан костюмимга қадалган ўқитувчи нишонига ишора қилиб деди:
— Бу чол сенинг ўқитувчи эканингни кўрди ва айнан шу мақоминг ҳурмати, сенга жой бўшатди.

Ямамотонинг уйига илк марта ташриф буюраётганим учун бўш қўл билан бориш ноқулай эди. Мен бирор-бир совға олишга қарор қилдим. Ўз фикримни унга айтдим. У рози бўлди ва шу атрофда ўқитувчилар учун махсус дўкон борлигини, у ерда чегирма нархларда истаган нарсани сотиб олиш мумкинлигини айтди. Ҳайратимни яшира олмай:
— Имтиёзлар фақат ўқитувчиларга бериладими, — дедим.

Ямамото тасдиқ ишорасида бошини қимирлатди:
— Японияда ўқитувчи энг ҳурматли касб эгаси, энг ҳурматли инсон. Агар ўз дўконига ўқитувчи кирганини кўрса, япониялик тадбиркорлар жуда хурсанд бўлади, буни ўзлари учун катта шараф деб билади.

Япон ўқитувчиларининг ҳар куни байрамдек экан...

P.S.: Бизда эса раҳматли Ҳожибой айтган гап: "чиқааар ўқитувчиларни..."

@Motivatsiya_olamiHD -
Bo'lajak MILLIARDERLAR kanali!
2.1K views#YOSINXON , 02:38
Ochish/sharhlash
2023-05-03 19:29:02
#RUHIYAT

Xayot saboqlari

CHarli CHaplin 88 yil yashagan edi. U bashariyatga yetkazmoqchi bo'lgan oxirgi so'zlarini qog'ozga yozib qoldirgan ekan. Mana o'sha so'zlar (tarjima)

- Dunyoda xech narsa mangu emas, xatto muammolarimiz xam.

- Men yomg'ir ostida sayr qilishni sevaman, chunki yomg'irda mening ko'z yoshlarimni xech kim sezmaydi.

- Inson uchun eng yo'qotilgan kun bu uning kulmagan kunidir.

- Dunyoning eng zo'r oltita tabibi bular......... Quyosh, xordiq, dieta (parxez va ro'za), mashq, do'stona suxbat va samimiy kulgudir. Umringizning barcha pog'onalarida shulardan doimoy foydalaning va xayotdan zavqlaning.

- Oyga qarasangiz xudoning go'zalligini ko'rasiz, quyoshga qarasangiz esa xudoning kuch-qudratini.

- Agar oynaga qarasangiz xudoning san'atini ko'rasiz, shuning uchun unga ishoning.

- Xayot bu bor yo'g'i sayoxatdir! SHuning uchun bugun yashang! CHunki ertaga bo'lmasligi xam mumkin
.

@Motivatsiya_olamiHD -
Bo'lajak MILLIARDERLAR kanali!
2.9K viewsSimple boy, 16:29
Ochish/sharhlash
2023-05-03 18:59:01
Ingliz tilidagi eng uzun so'z qaysi?

Hech o'ylab ko'rganmisiz Ingliz tilidagi eng uzun so'z nima ekanligini va qanday talaffuz qilinishini?

Javobini bilib olish uchun
2.3K viewsАбу Бакр, 15:59
Ochish/sharhlash