Get Mystery Box with random crypto!

Xayrli tun! Bu tun, kimga - sayrli tun, Bu tun, kimga - gʻay | MOTIVATSIYA

Xayrli tun!

Bu tun, kimga - sayrli tun,
Bu tun, kimga - gʻayrli tun.
Yozilgandan qochib boʻlmas,
Bu tun, kimga - xayrli tun.

Taqdir kimga sabr berar,
Qismat kimga jabr berar,
Sinovlardan dadil oʻtgan,
Bandalarga xayr berar...

Bu tun boʻlsin - sehrli tun,
Bu tun boʻlsin - mehrli tun,
Elimizga - yurtimizga,
Bu tun boʻlsin - xayrli tun.

Xayrli tun Azizlarim!