Get Mystery Box with random crypto!

🎓PSIXOLOGIYA🎓

Telegram kanalining logotibi motivatsiya_biznes_psixologiya — 🎓PSIXOLOGIYA🎓 P
Telegram kanalining logotibi motivatsiya_biznes_psixologiya — 🎓PSIXOLOGIYA🎓
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 214
Kanalning ta’rifi

🧠 Psixologiyanew kanaliga xush kelibsiz
◾️Psixologiyadan testlar
◾️Psixologik faktlar
Psixologik testlar 💯 toʻgʻri emas maksimum 99% toʻgʻri chiqadi
Reklama Uchun : @Sifatli_RekIama

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-02-02 06:56:49 Boy va kambagʻal odamlaring fikrlashidagi 10 ta farq.

• Taqdir:
- Boylar doimo - men oʻz baxtimning yaratuvchisiman - deyishadi.
-Kambagʻallar - mening qoʻlimdan hech narsa kelmaydi - deyishadi.

•Ishlashdan maqsad:
-Boylar - maʼnaviy va moddiy boyroq boʻlish.
-Kambagʻallar - yanada qashshoqlashib qolmaslik.

•Kurashdan maqsad:
- Boylar - faqat gʻalaba qozonish.
- Kambagʻallar - yutqizmas boʻldi.

•Hayotiy falsafa:
-Boylar - har muammoda imkoniyat, yangilik topish.
-Kambagʻallar - muammolarni girdobidan qochish.

•Boylikka munosabat:
-Boylar - muvaffaqiyatli, boy odamlarga havas qilishadi.
-Kambagʻallar - ulardan boyroqlarga hasad qilishadi.

•Muammolarga munosabat:
-Boylar - har muammoda bir saboq izlaydi.
-Kambagʻallar - muammolarini burttirib koʻrsatishadi.

•Nega pul olishadi?
- Boylar - ishning natijasi uchun.
-Kambagʻallar - sarflangan vaqti uchun.

•Tanlov qilish kerak boʻlganda:
-Boylar - unisini ham, bunisini ham tanlashadi.
-Kambagʻallar - yo unisini, yo bunisini tanlaydi.

•Tavakkal:
- Boylar - yutqizib qoʻyishdan qoʻrqmay tavakkal qilishadi, hech boʻlmasa, bir nima oʻrganaman deydi.
-Kambagʻallar - qoʻrquv tavakkal qilishdan tiyib turadi.

Taʼlim:
-Boylar - hayotining har bir daqiqasida oʻqiydi, izlanadi, nimadir yangi narsa oʻrganadi.
-Kambagʻallar - hamma narsani bilaman deb oʻylaydi. Har qanday bilimni men buni bilaman degan soʻzlar bilan boshlaydi.

Siz qaysi birida boʻlishni xohlaysiz, oʻzingiz xohlagan fikrlashni tanlab oling...

Yanqinlaringgizga ham yuboring...

@Motivatsiya_Biznes_Psixologiya
706 views03:56
Ochish/sharhlash
2022-02-01 07:19:59
#PSIXOLOGIK_FAKT

Eng yaxshi maslahat beradigan odamlar o'zlari ko'p muammolarga duch kelishadi.

Yanqinlaringgizga ham yuboring...

@Motivatsiya_Biznes_Psixologiya
708 views04:19
Ochish/sharhlash
2022-02-01 07:19:41
#PSIXOLOGIK_FAKT

Insonlar oʻzlari yoqtirgan odam bilan muloqot qilganida beixtiyor ovozini o'zgartirishadi.

Yanqinlaringgizga ham yuboring...

@Motivatsiya_Biznes_Psixologiya
675 views04:19
Ochish/sharhlash
2022-02-01 07:19:16 Kundalik hayotingizdan pozitiv energiya olib xursand bo'lish sirlari:

Har kuni kun davomida bo'lib o'tgan ijobiy narsalarni, voqealarni eslab yozib qo'ying.

Sovuq xabarlardan (TVda , internetda urush, zo'ravonlik, tabiiy ofatlar, qisqasi ko'ngil cho'ktiruvchi) uzoqroq yuring!

Faqat yaxshi xabarlar o'qishga, tinglashga intiling!

Hayotdan noliydigan, giybatchi, noshukur insonlar bilan kamroq iloji bo'lsa umuman gaplashmang!

Hayotingizdagi har bir qiyinchilikka kulib, dars, saboq deb qabul qiling. Har bir ishda hikmat bor.

Hayotga kulib boqing! O'z-o'zidan yo'llaringiz ochilib ishlaringiz yurishib ketganini sezmay qolasiz!

Yanqinlaringgizga ham yuboring...

@Motivatsiya_Biznes_Psixologiya
643 views04:19
Ochish/sharhlash
2022-02-01 07:18:58
#PSIXOLOGIK_FAKT

Psixologlarni takidlashicha hatto eng salbiy o'ylaydigan inson ham mashqlar yordamida optimistga aylanishi mumkin ekan.

Siz optimistmisiz yoki pessimist(salbiy fikrlovchi)?

Optimist
Pessimist


Yanqinlaringgizga ham yuboring...

@Motivatsiya_Biznes_Psixologiya
598 views04:18
Ochish/sharhlash
2022-02-01 07:16:58
#PSIXOLOGIK_FAKT

Tadqiqotlarga ko'ra, Islomning muqaddas kitobi Qur'oni Karim umumiy 3 milliard nusxada nashr etilgan. Bugungi kunda 10 milliondan ortiq odam kitobni asl nusxada yoddan biladi. Qur'on butun insoniyat tarixida eng ko'p talab qilinadigan va o'qiladigan kitoblardan biridir.

Yanqinlaringgizga ham yuboring...

@Motivatsiya_Biznes_Psixologiya
580 views04:16
Ochish/sharhlash
2022-01-31 07:08:08 #FAKT

Hayotda kerak bo'ladigan ajoyib tavsiyalar

Kundalik tuting.

Sizdan yordam soʻragan qoʻlni boʻsh qaytarmang.

Oʻzgalarni ayblashni bas qiling.

Hayotingizda boʻlayotgan har bir hodisaga javobgarsiz.

Hayotdan adolat kutmang.

Muhabbat qudratlidir. Buni unutmang.

Halol boʻling

«Mening aybim» deyishdan uyalmang

«Bilmayman» deyishdan uyalmang.

Eng kichkina ijobiy oʻzgarishlarga ham quvoning

Soʻzingizni ustidan chiqing

Eski qadrdonlar bilan aloqani tiklang.

Yanqinlaringgizga ham yuboring...

@Motivatsiya_Biznes_Psixologiya
632 views04:08
Ochish/sharhlash
2022-01-31 07:07:53 #SAVOL_JAVOB

Savol:

Bolasini juda koʻp urib qoʻrqoq qilib qoʻygan onalar yoki otalar xatolarini tushunib yetgach, qanday muomalada boʻlishlari kerak? Bolani qoʻrqoqligi va choʻchib ketaverishini yana oldingidek holatga qaytarish uchun nimalar qilish kerak?

Javob:

Mexr bering, uni suyub erkalang! Bu boladagi dofamin gormonini yaxshilaydi, shuningdek bolada ota-onaga mexr va ishonch qayta tug'uladi. Qo'rqoq bolalar juda kamgap, odamovi va emotsional beqaror bo'lishini hisobga olsak, ularni aslo qattiq gap-so'z va tazyiq bilan tergamaslik lozim.
Urish tarbiyaning eng samarasiz turi bo'lib, foydasi 0% ga teng.

Xulqida o'zgarishi bor bolaga to'g'ri tushuntirish va ko'proq muloqot qilish kerak. Bola ochiladi va o'zini kattalardek tuta boshlaydi. Bu esa bolalarcha xatti xarakatni kamayishiga olib keladi.

Qoʻrquv xissiy jarayon bo'lib, maʼlum bir muddat davom etadi va agar tashqi bosim taʼsir etmasa tezda tugashi lozim.

Lekin doimiy qo'rqitish Fobiyaga olib keladi. Fobiya - bir muncha murakkab psixologik emotsional jarayon bo'lib, qo'rquvdan ko'ra uzoqroq davom etadi.

Buni Psixolog tavsiyasi bilan bosqichma bosqich davolash lozim.

Yanqinlaringgizga ham yuboring...

@Motivatsiya_Biznes_Psixologiya
596 views04:07
Ochish/sharhlash
2022-01-31 07:06:18 #FAKT

Koʻpchilik ozish uchun sogʻlom ovqatlanish qoidalariga amal qiladi, jismoniy mashqlar bilan shugʻullanadi, lekin natija boʻlmaydi. 

Bunga asosiy 6 ta sabab va ular quyidagilar boʻlishi mumkin:

1. Insulinrezistentlik. Insulin gormonini qonda yuqori boʻlishi ozishga toʻsqinlik qiladi. Buni qandli diabet bilan adashtirmang. Diabet umuman boʻlmagan holatda ham insulin baland boʻlib, ozish qiyin bolishi mumkin. 

2. Yashirin anemiya. Siz shirinlikka oʻchmisiz, tirnoqlar sinuvchanmi , holsizmisiz, ozish qiyin, vazn olish osonmi? Demak yashirin anemiyani aniqlash zarur! Anemiyada hujayralar yaxshi nafas ololmaydi, natijada yogʻlarning erishi qiyinlashadi. 

3. Vitamin "D" yetishmovchiligi. Ozishi juda qiyin, vitamin D ni ichmaydigan aksariyat insonlarda ushbu vitaminni kritik yetishmovchiligi kuzatiladi. Sogʻlom ozish uchun sogʻlom turmush tarzi bilan birgalikda vitamin D yetishmovchiligini bartaraf qilish kerak.

4. Stress. Kuchli yoki surunkali stress paytida buyrak usti bezlarida kortizol gormoni ishlab chiqariladi. Kortizol — stress gormon, jinsiy gormonlar miqdorini tushiradi, insulinni oshiradi, qonda qand miqdorini oshiradi, ozishga yoʻl qoʻymaydi. Shu sabab ozish davrida stressga qarshi kurashish juda muhim.

5. Uyquni yaxshi emasligi. Chuqur uyquning yoʻqligi. Chuqur uyqu davrida bizda somatotrop gormoni ishlab chiqariladi, bu gormon yogʻ zahiralarini boʻlajak energiya zahirasi — glikogenga aylantirishga javob beradi. Somatotrop yetishmasligi vaznni qotirib qoʻyishi, vazn tashlashga toʻsqinlik qilishi mumkin. 

6. Yod tanqisligi. Buning natijasida qalqonsimon bez gipofunksiyasini yuzaga kelishi. Yod — tiroksin gormonini (moddalar almashinuvini boshqaradigan gormon) tarkibiy qismi. Yod yetishmasa tiroksin miqdori kamayadi, bu esa metabolizmni susayishiga olib keladi. Yod tanqisligi belgilari: uyquchanlik, ertalabdan shish bilan uygʻonish, koʻp esnash, soch toʻkilishi, tilda tishlar izini paydo boʻlishi.

Yanqinlaringgizga ham yuboring...

@Motivatsiya_Biznes_Psixologiya
541 views04:06
Ochish/sharhlash
2022-01-31 07:05:48 #MOTIVATSIYA

Ushbu soʻzlarni har tong oʻzingiz uchun oʻqib qoʻying.

Menga pul yetishmaganda paytlarda men yugurib ishga chiqib ketmas edim, aksincha o‘tirib o‘ylar edim. Dunyodagi eng qimmat tovar - g‘oyadir.
Stiv Jobs

Aqlli odamlarni ishga olib, keyin ularga nima qilishni oʻrgatish ahmoqlikdan boshqa narsa emas. Biz aqlli odamlarni bizga nima qilish kerakligini aytish uchun yollaymiz.
Stiv Jobs

Har doim qiyin yoʻlni tanlang , bu yoʻlda siz haqiqiy raqobatchilarni uchratasiz.
Sharl de-Goll

Agar siz yagona maqsadingiz boy boʻlish boʻlsa, siz hech qachon unga yeta olmaysiz.
Jon Devis Rokfell

Umuman kitob o‘qimaydigan mehnatkashdan ko‘ra, kitob o‘qiydigan dangasa bilan ishlagan yaxshiroq. Chunki u doim qiyin topshiriqlarga oson yechim topa oladi.
Bill Geyts

Yanqinlaringgizga ham yuboring...

@Motivatsiya_Biznes_Psixologiya
506 views04:05
Ochish/sharhlash