Get Mystery Box with random crypto!

Bu dunyo bir bog'ga o'xshaydi. Bu bog'ga bugungacha bizga o'xs | MOTIVATSION HD

Bu dunyo bir bog'ga o'xshaydi. Bu bog'ga bugungacha bizga o'xshash milliardlab insonlar kirib, aylanib, keyin chiqib ketishgan. Kimdir uzoq qolgan, kimdir esa oz. Kimdir mevasidan bahramand bo'lgan bo'lsa, kimlardir daraxt ekkan. Yana kimlardir daraxtlarni kesgan. Ba'zilar o'zi xohlagan mevani topolmay, armonda ketgan.

Bugun esa bu bog'da siz-u biz bormiz!
Bog'ni buzamizmi yoki obod qilamizmi?
Oldimizdagi ne'matlarni qadrlaymizmi yoki uzoqlarda sarob bo'lib ko'ringan mevalar ortidan yugurib, umrimizni besamar o'tkazamizmi?

Balki shox-shabba, tikanlar sizga aziyat yetkazishidan xavotirda bo'lsangiz kerak. Bu bog'ga kirganimizda hammamizning shart-sharoitimiz turlicha edi. Kimdir boy, kimdir faqir, kimdir shaharda bo'lsa, yana kimdir qishloqda istiqomat qiladi. Bog'dan chiqayotganda esa hammaning shart-sharoiti bir xil bo'ladi. Bog'ga kirayotgandagi shart-sharoitni siz belgilolmaysiz. Lekin hayotingiz davomini belgilash o'z qo'lingizda. Siz atrofingizdagi imkoniyatlari keng insonlardan ham yuqori natijalarga, muvaffaqiyatlarga erishishingiz mumkin. Faqat oldin bunga o'zingiz ishonishingiz kerak. Ishonchingiz sust bo'lsa, optimist bo'lmasangiz keng imkoniyatlar ichida ham turli bahonalarga ko'milib o'tirishingiz mumkin. Imkon bo'lishini kutmang, imkoniyatni o'zingiz yaratasiz. Ertaga hechqachon kelmaydi, umrimiz davomida bir kun bor u ham bo'lsa bugundir!

@Motivatsion_HD