Get Mystery Box with random crypto!

​​'Interstellar' degan kinoni ko'rganmisiz? Har kim o'z sohasi | MOTIVATSION HD

​​"Interstellar" degan kinoni ko'rganmisiz?
Har kim o'z sohasi, kayfiyati va qiziqishlariga qarab, o'zi uchun kerakli jihatlarni olishi mumkin, shaxsan men ushbu filmni vaqt mavzusidagi eng yaxshi filmlardan biri deb hisoblayman. Aynan Nolanning "Ibtido" (Начало) yoki Fincherning "Bendjamin Batton" filmlari kabi, bu yerda ham vaqt qadri , umr o'lchovi haqida ancha chuqur fikrlar bor.

Filmdagi bir epizodga e'tibor bering. Ekipaj a'zolari boshqa bir galaktikaga borishadi. Qizig'i, u joyda o'tadigan har bir soat Yer planetasidagi 7 yil bilan teng ekan. Bosh qahramon shoshila boshlaydi, har bir daqiqani qadrlashga harakat qiladi, axir tasavvur qiling, aks holda, qandaydir 3-4 soat behuda sarflasangiz, yerda 20-30 yil oʻtib ketgan boʻladi. Oila a'zolaringiz shu yoshga qarigan, qizingiz ulg'aygan, otangiz balki olamni tark etgan bo'lishi mumkin, Dahshatmi?

Bundoq bugungi hayotimiz haqida o'ylab ko'rsak, bir necha yilda qancha soat vaqtimiz mazmunan behuda o'tmaydi? Bir necha yilda qancha soat vaqtimizni aynan maqsadli sarflaymiz? Behuda vaqtni chiqarib tashlasak, bizning umrimiz ham aynan o'sha planetadagi kabi bir necha soatni tashkil etib qolmaydimi? Bizning ushbu film qahramonidan farqimiz shundaki, u vaqtning juda kam ekanini oldindan biladi. Bir soatda 7 yil o'tib ketishini bilib shoshilmoqda. Lekin biz shoshilmaymiz. Chunki bizda 7 yil o'tishi uchun 7 yil kerak. Ammo o'sha 7 yil o'tgach, shu oʻtgan davr biz uchun bir necha soatga aylanib qoladi-ku, aslida. Nima dedingiz?

@Motivatsion_HD