Get Mystery Box with random crypto!

Og'izda eriydigan pechenye Kerakli masallqlar: | ERKINLIKDA RIVOJ

Og'izda eriydigan pechenye

Kerakli masallqlar:

Xamiriga:
1 stakan yog'
1 stakan qatiq
200 g margarin yoki sariyog'
1 ta tuxum
100 g shakar upasi yoki shakar
100 g manniy yormasi
1 choy qoshiq razrixlitel
400-500 g un

Nachinkasiga:
Yong'oq yoki xandon pista

Siropiga:
0,5 stakan suv
0,5 stakan asal
0,5 stakan shakar
0,5 ta limon suvi

Tayyorlanishi:

Xamiri:
Yog', qatiq, margarin, tuxum ,shakar upasi, manniy yormasi, razrixlitelni solib qo'limiz bilan ezib olamiz. Oz-ozdan un solib ko'rsatilganidek xamir qilamiz. Xamirni teng ikkiga bo'lib o'rtacha qalinlikda yoyamiz. Doirachalar kesib olamiz. Bitta xamirimizdan chiqqan doirachalarning o'rtasini aylana qilib kesib olamiz. Butun doirachalarimizning ustiga tuxum oqini surib ustidan o'rtasi teshik doirachalarimizni yopishtiramiz. O'rtasiga yong'oq yoki xandon pista qo'yamiz. Ustiga tuxum sarig'ini surib 180° qizdirilgan duxovkada 25 daqiqa pishirib olamiz.

Siropi:
Suv, shakar, asalga limon suvi qo'shib qaynatib olamiz. Tayyor bo'lgan pechenyelarimiz ustidan quyib 15 daqiqaga ustini yopib qo'yamiz.
Tayyor!!! Choy yoki qahva bilan mmmm

Yoqimli ishtaha