Get Mystery Box with random crypto!

QALBIM IJODI Hammaga salom Meni yo'qotib qoydilarmi? | ERKINLIKDA RIVOJ

QALBIM IJODI

Hammaga salom

Meni yo'qotib qoydilarmi?
Men esa shunday ijod bilan bandman.
Shu mandalani kecha bo'yab bitirdim va siz bilan bo'lishgim keldi.

O'zimga o'zim ART TERAPIYA uyushtirdim. Mazza qildim, ayniqsa nuqta -nuqta bo'yaganimda.

Birinchi martda rasmni bir hil gammada bo'yadim. Oldin qo'llab ko'rmagan texnikalardan foydalandim.

Bilasizmi nima anglash keldi?
Biza qiyinchilik oldida o'zimizni kuchsiz yoki ojiz his qilamiz.

Hammada o'zini sababi bor.
Masalan vaqtim yo'q
uje juda kech
imkoniyatim yo'q
Uydagilar, odamlar nima deydi
Bilimim yetarli emas va h.k.

Men ham shu rasmni bo'yab bitirishga minimum material ishlatishga qaror qildim. Va shunday ijod yarata oldim.

Agar inson bir narsani istasa hozir unda bor resursdan foydalanishi kerak.
Siz o'ylagan chegaralangan imkoniyatda ham ajoyib ijod qilish mumkin ekan.

https://t.me/ijobiy_psixologiya