Get Mystery Box with random crypto!

​​Shunday dardlar borki, tasallisi faqat iymondandir Omina Sh | Iceberg | MOTIVATOR

​​Shunday dardlar borki, tasallisi faqat iymondandir
Omina Shenliko'g'li "Imomning maneken qizi"

Biz shunchalar o'zimizga ishondik-ki, xuddi bugungi hayotga oʼzimiz erishganday yoki kelajakni oʼzimiz yaratadiganday. Yoʼq.

Shunday holatlarga tushganmizki, hech bir inson, hech qanday mol dunyo yordam bera olmasligini aniq bilganmiz. Oʼsha damlarda, Rabbim Senga shunday yolbordikki, huzuringda qanchalar ojiz ekanimizni sezdik.

Keyin yana "oʼzimizga" kelib, hammasi faqatgina sababiyat qonuniyati bilan boʼlgandek oʼzimizdan kettik. Rabbim Sen bilan oʼrtamizga dunyoni qoʼydik.

Rabbim bizni avf et. Gunohlarni seskanmay qilyapmiz. Gunohimiz bilan maqtanib, oʼzgalarni ham chorladik.
Kechir bizni Gʼaffor Egam, yoʼq, azobdan qoʼrqqanimiz uchunmas, qalbimiz zangalab Seni unutayozganimiz uchun.

Baxtni uzoqdan, kitoblardan, oʼzgalardan qidirdik. Qalbimizga qarab Senga yuzlanmadik. Faqat, chorasiz hollardagina...

Allohim qalbimizni Nuring bilan rizqlantir.

Yuqoridagi asarni oʼqib taʼsirlanib yozdim. "Biz" deb oʼzimni nazarda tutyapman, yana koʼnglingizga kelmasin.