Get Mystery Box with random crypto!

Buyuk narsalar haqida orzu qil ! Bugun abituriyentlar bilan g | Iceberg | MOTIVATOR

Buyuk narsalar haqida orzu qil !

Bugun abituriyentlar bilan gaplashsak (@Boburbek_developer ga vaʼda bergandim)

Qarshingizda turgan imtihon hayotingizdagi eng katta imtihon emas. Hozir oʼylayotganingizdek, eng muhim vazifa ham emas.

Bu maqsad va Siz maqsadga qanday erishishni oʼrgandingiz. Aniq maqsad qoʼydingiz, Ustoz topdingiz, qadamma-qadam reja tuzdingiz va har kuni tinmay mehnat qildingiz !

Mana shunday maqsadga erishiladi !

Kim jarayondan zavq olgan boʼlsa bu vaqt juda tez oʼtib ketgan boʼlishi kerak. Jarayondan zavq olish maqsadingizga oson erishish kafolati.

Ayrim abituriyentlar talaba boʼlgandan soʼng, tushkunlikka tushib qoladi ? Nega deysizmi, chunki ularda maqsad yoʼqolib qoladi !

Shunday ekan, meni Sizga tilagim, talaba boʼlgan kuningiz oldingizda keyingi buyuk maqsad boʼlsin ! Ustoz, reja va mehnat qilish ishtiyoqi boʼlsin.

@motivator_ice