Get Mystery Box with random crypto!

​​Katta muvaffaqiyat uchun katta qadam Inson tomonidan yarati | Iceberg | MOTIVATOR

​​Katta muvaffaqiyat uchun katta qadam

Inson tomonidan yaratilgan nimaiki bo'lsa, bari dunyo yuzini ko'rishidan avval yaratgan insonning ongida yashagan. U inson u haqidagi fikr bilan uyg'onib, o'sha bilan uxlagan.

Amir Temur Samarqandni bunyod etishi-yu, Gitlerning urushni boshlashi avval ularning fikrlarida bo'lgan, shunday emasmi ?

- Hop bularni tushundim deylik, bundan menga nima naf ?
- Hozir Sizning ongingizdagi asosiy g'oya ro'yobga chiqish ehtimoli juda yuqori !

Endi asosiy savol Sizning ongingiz hozir, ha aynan hozir nima bilan to'la ?

Qizlar, kechagi serialning davomi, telegramda u nega javob yozmagani, instagramda buning qanaqasiga har kuni mazza qilishi, kimdan qarz olish, ko'chaga nima kiyib chiqish, kechgi ovqatga nima yeyish kabi fikrlar bo'lsa, hayotingizda mo'jiza kutishdan ma'no yo'q. (Mo'jiza ham unga munosiblarga uchraydi)

Hozir buyuk g'oyalar haqida tafakkur qiling shunda ularni ro'yobga chiqarish ehtimolingiz bir necha yuz karra ortadi !

#kattamuvaffaqiyat