Get Mystery Box with random crypto!

MOTIVATION•HD | Vizitka

Telegram kanalining logotibi motivationhd — MOTIVATION•HD | Vizitka M
Telegram kanalining logotibi motivationhd — MOTIVATION•HD | Vizitka
Kanal manzili: @motivationhd
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 317
Kanalning ta’rifi

Kanalimiz bu yerda 👇👇
https://t.me/ kdYpmX1FDxlhYTcy

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 26

2021-05-04 18:00:32
​​1.Muvaffaqiyatli insonlar omadsiz insonlar qilishni istamaydigan ishlarni qiladi. Oson bo’lishi uchunmas, yaxshi bo’lishi uchun harakat qiling. (Jim Ron)

2. Muvaffaqiyat – har kuni takrorlanadigan, uncha katta bo’lmagan harakatlar yig’indisi. (Robert Koler)

3. Kim xohlasa imkoniyat topadi, kim xohlamasa bahona izlaydi. (Suqrot)

4. Uzoq yo’l mayda qadamlardan boshlanadi. (Lao Szi)

5. Haqiqiy qasos – ulkan muvaffaqiyat. (Frenk Sinatra)

@MOTIVATIONHD — #ULASHING
8.7K views15:00
Ochish/sharhlash
2021-05-04 17:28:02
Biznes haqidagi bilimlaringizni oshiruvchi 4 kitob

1. Robert Kiyosaki. "Boy ota, kambag'al ota"

Bu kitob biznes haqidagi bilimlar fundamenti bo'la oladi.

2. Jorj Kleyson. "Vavilonlik eng boy odam"

Bu kitob orqali iqtisodiy muammolar zanjiri qanday kelib chiqishini o'rganishingiz mumkin.

3. Richard Brenson. "Jin ursin hammasi! Ol va boshla!

Kitob muallifi Britaniyadagi eng boy insonlardan biri. Shunday ekan uning maslahatlariga quloq tutsa arziydi.

4. Robert Kiyosaki. "Pul oqimi kvadranti"

Bu kitobda muallif iqtisodiy erkinlikka erishish yo'lidagi to'siqlarni qanday bartaraf etish haqida maslahat beradi.

O'qing va muvaffaqiyatga erishing!

@MOTIVATIONHD — #ULASHING
6.9K views14:28
Ochish/sharhlash
2021-05-04 16:58:02
Muvaffaqiyatli biznes misoli cho‘qqi sari ko‘tarilishga o‘xshaydi va men ham ishimni tog‘ning tovonidan boshlaganman. Ming chaqirim yuqoriga ko‘tarilganingda sen atrofni aniq-tiniq ko‘ra boshlaysan. Biroq, muammo shundaki, hanuz yerda turganlar sening so‘zlaringga shubha bilan qarashadi.
Muvaffaqiyat uchun vaqt ham kerak. Men 40 yoshimdagina nima xohlayotganimni tushunib yetganman. Biznesmen yoki o‘qituvchi bo‘lish hech qachon xayolimga kelmagan. Politsiyachi, hatto KFC kompaniyasiga ofitsiant bo‘lishni xohlaganimda - rad etilganman.

Jek Ma (Aliexpress, Alibaba asoschisi)

@MOTIVATIONHD — #ULASHING
6.2K views13:58
Ochish/sharhlash
2021-05-04 16:00:17
Insonlar bir-biridan qanday farqlanadi?

– Insonni boshqa bir insondan farq qilib turuvchi narsasi faqat kiyimlarda bo'lib qolar ekan, falokat yaqin.

– Sababi aslida, insonlar bir-biridan o'y-fikr hamda mulohazalari bilan farq qilinadi. Kiyimlar insonlarning farq qiluvchi argunentiga aylangan holatga kelgan jamiyatda falokat yaqin.

– Nega deysizmi? Sababi oddiy. Biroz yaxshi kiyingan ammo o'z fikriga ega bo'lmagan inson jamiyat oldida shuhrat topsa, o'z fikriga ega ammo durust kiyina olmagan inson esa chekkada qolib ketaversa, jamiyat o'z boshliqlari sifatida yaxshi kiyingan ammo ahmoq odamlarni hokim qilib qo'yadi. Bu esa falokatni keltiradi, aniq.

@MOTIVATIONHD – #ULASHING
6.8K views13:00
Ochish/sharhlash
2021-05-04 08:53:29
Ahli islom oʻz dini haqidagi hozirgi notoʻgʻri tushunchalari bilan yashar ekan, harakati faqat nolga teng boʻladi, oʻrnidan jilmay, oldinga intilaveradi.

Shayx Muhammad Gʻazoliy

Notoʻgʻri tushunchalar nima?

Masalan, biz halol yeyish deganda dasturxonimizda choʻchqa va aroq boʻlmasligini tushunamiz xolos. Aslida, oldimizdagi halol taomlar halol yoʻl bilan topilgan boʻlishi kerak. Pora, monopoliya, otkat, aldov, elektr va gaz toʻlovidan oʻgʻirlash, tarozidan urish, birovni haqqini tortib olish, hatto muomaladagi qoʻpollik ham uni halollikdan uzoq qiladi.
Bu birgina notoʻgʻri tushunchamiz...

Mubashshir Ahmad

@MOTIVATIONHD — #ULASHING
10.0K views05:53
Ochish/sharhlash
2021-05-03 18:01:07
"Muammoyingiz pashshadek bo'lsa undan fil yasamang. Aksincha katta muammolarni yechishda ularni kichik muammoni hal qilayotgandek o'zingizni tuting".

Suqrot

• Muammo bor-ki uning yechimi bor.
• Shuning uchun muammolarga ko'p ham reaksiya bildiravermang:(

@MOTIVATIONHD — #ULASHING
10.4K views15:01
Ochish/sharhlash
2021-05-03 16:30:08
Buyuk ishlar yo'lida qil.

– Agar buyuk ishlar qo'ingdan kelmayotgan bo'lsa, buyuk ishlar yo'lida mayda ishlarni bajar. Ular senga kichikdek ko'rinishi mumkin, aslida esa mayda ishlardan buyuk, mukammal ish barpo bo'ladi xuddi katta-katta tog'lar mayda toshlardan tashkil topganidek.

Napoleon Hill

@MOTIVATIONHD – #TAVSIYA
8.4K views13:30
Ochish/sharhlash
2021-05-03 15:30:09
Jasorat nima? – Naytanglning fikri.

Jasorat – bu kuchli insonlarni dam olish rohati, o'yin-kulgu mazasidan ayiruvchi bir hislatdir. Insonlar jismonan baquvvat ammo jasoratsiz, jismonan zaif ammo jasoratli bo'lishi mumkin.

@MOTIVATIONHD – #ULASHING
8.3K views12:30
Ochish/sharhlash
2021-05-03 13:00:18
Vaqt bahona bo'lmasin!

• Orzu va maqsadlaringiz yo'lida hech qachon "vaqtim yetmayapti" deb taslim bo'lmang. Vaqt o'zi shundoq ham ketaveradi. Sizdan talab esa uni to'g'ri yo'lga sarflashdir.

@MOTIVATIONHD – #TAVSIYA
10.4K views10:00
Ochish/sharhlash
2021-05-02 19:30:22
Hayotdagi yagona sir!

• Hayot ko'plab sir-sinoatlarga to'la maydondir. U o'z navbatida bir qancha turlarga bo'linadi. Masalan:
- Muvaffaqiyat siri;
- Baxtli bo'lish siri;
- Ilmning siri va hokazolar.

Oprah Winfrey so'zlariga ko'ra asl muvaffaqiyat siri quyidagilardir:
– Muvaffaqiyat siri shuki, unda hech qanday sir-sinoat yo'q. Sen harakat qilasan, u yetib keladi. Tamom.

@MOTIVATIONHD – #ULASHING
12.5K views16:30
Ochish/sharhlash