Get Mystery Box with random crypto!

Farzandlaringiz ta'limi, ularning kelajagi uchun qancha sarfla | MOTIVATION•HD | Vizitka

Farzandlaringiz ta'limi, ularning kelajagi uchun qancha sarflamoqchisiz?

― Ko'pchilik ta'lim uchun pul sarflash deganda Oliy ta'limni tushunadi. Lekin unday emas. Siz farzandingizni qaysidir kasb yoki hunarga o'qitishingiz, boshqa yo'nalishlarda ta'lim berishingiz ham farzandingiz ta'lim va kelajagi uchun pul sarflashdir.

― Biz hozirgi zamonda farzangizni uni tili chiqishdan boshlab, unga ta'lim bering deymiz, uning kelajagi uchun birgalikda harakat qiling deymiz. Bizda esa odatda maktabni bitirgandan so'ng ta'lim uchun harakat qilinadi.

― Iloji bo'lsa, moddiy ta'minotingizga qarab, farzandlaringizni xususiy sektorlarda o'qitishga harakat qiling. Moddiy tarafdan qiynalsangiz, mayli davlat sektorida o'qiting.

Biz maslahat beramiz: Farzandingiz bilan iloji boricha ko'proq diniy, siyosiy, ilmiy, dunyoviy, tarbiyaviy tarafdan ko'proq suhbat qiling.

@MOTIVATIONHD — #TAVSIYA