Get Mystery Box with random crypto!

Dangasalik maqsadlar yo'lidagi eng katta dushman deb o'ylaymiz | Motivation and psychology

Dangasalik maqsadlar yo'lidagi eng katta dushman deb o'ylaymiz to'g'rimi?

Ammo aslida u biz uchun qanchalik foydaliligini tasavvur ham qilolmaymiz.
U dushman emas aksincha organizm(yohud qalb)ning o'zini saqlab qolish funksiyasi.

Inson o'zini asl vazifasidan Alloh yerga nima uchun yuvorgan bo'lsa o'sha missiyasidan( hammamiz boshqa hech kimda bo'lmagan va faqat biz uni mukammal qilib bajara oladigan qobiliyat bilan kelganmiz) uzoqlashib ketganda Dangasalik rejimi yoqiladi.
Ko'pchilik ertalab turib ishga borgisi kelmaydi ertalab uyg'onish o'lim bilan teng, lekin qo'liga 1000$ berib ertaga magazinlaga borib mazza qilib kiyin desakchi soat 5 Dan uyg'onadi energiyasiyam bor bunga. Negadir maqsad qoyib harakat qilsa dangasalik tutaveradi.

Chunki maqsad aqlan qo'yilgan bo'ladi.
(Aqlan va qalban maqsad qo'yish
haqida ertaga gaplashamiz)

Biz o'zimizga yoqmaydigan aqlan qo'yilgan maqsadlar sari harakat qilganimizda kuch ya'ni energiya yo'qotamiz. Qalban qo'yilgan maqsadlarda esa energiya kuchga to'lamiz. Mana gap qayerda ekan.

DEMAK : Dangasalikni oldini olish uchun faqat ozimiz yoqtirgan kasb bilan shug'ullanishimiz kerak.
Bu kasb shunday kasbki siz u bilan 24 soat shug'ullanib zerikmasligingiz kerak. Hatto kechalari uyg'onib ketib ham shug'ullanishda ishtiyoq topadigan ishiz bu sizni vazifaizdagi kasb bo'ladi.

Shuning uchun ham millionerlar "Sevimli kasbingizni toping yoki hozir qilayotgan ishingizni seving,"- deyishadi. Agar bu kasbni topmagan bo'lsangiz izlashda davom eting va albatta biz buni topasiz!

Sizning sevimli kanalingiz
@Motivationaluz