Get Mystery Box with random crypto!

Bolalarda holsizlik, koʻp terlash va sut tishlarining kech chi | ORZU va MAQSAD sari

Bolalarda holsizlik, koʻp terlash va sut tishlarining kech chiqishi raxit alomatimi?

Raxit yangi tugʻilgan chaqaloqlar va 3 yoshgacha boʻlgan bolalar organizmining umumiy xastaligi boʻlib, "D" vitamini yetishmasligi sababli yuzaga keladi

Bola oʻz vaqtida davolanmasa, kasallik yanada zoʻrayib, suyaklarda salbiy oʻzgarishlar sodir boʻladi. Ya’ni, peshona va kallasining tepa qismi turtib chiqadi, ensa sohalari yassilanadi. Umurtqa pogʻonasi bukchayib, oyoq “X” yoki “O” shaklida qiyshayadi hamda yassioyoqlik rivojlanadi. Shuningdek, jajji bemorning immuniteti pasayib, yuqumli kasalliklarga ta’sirchan boʻlib qoladi.

Hatto uzoq vaqt raxit bilan ogʻrigan va davolanmagan bolalarning koʻkrak qafasi qiyshayishi, shu bilan birga, ichga botib kirishi, qovurgʻalarning yoʻgʻonlashuvi, kamqonlik, suyaklar yumshashi, tishlar oʻz vaqtida va bir tekis chiqmasligi aniqlanadi. Xastalikning ogʻir davrida esa bola ancha vaqtgacha bosh va gavdasini tuta olmaydi.

@motiv_number1