Get Mystery Box with random crypto!

Moon_light__❤️

Telegram kanalining logotibi moon_light_video — Moon_light__❤️ M
Telegram kanalining logotibi moon_light_video — Moon_light__❤️
Kanal manzili: @moon_light_video
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.97K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Assalomu aleykum 😊 #Moon_light_video orginal kanal ❤️
🇺🇿 Tik Tok: http://tiktok.com/@Moon_light_video
🇺🇿 Murojaat uchun admin: @Gozal_moon_light

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-12-26 16:53:32 𝑶𝑸𝑸𝑼𝑺𝑯 𝑯𝑰𝑲𝑶𝒀𝑨𝑺𝑰...


[5-𝑸𝑰𝑺𝑴]


Chunki bu gaplarni qizlar chiqabilishdi. Yigitlar bu gap yana chiqsa yo eshitishsa Guli uchun hech kim ayalmasligi aytildi. Shu tariqa bir hafta oʻtdi. Sarvar Gulini sevib qolgandi. Guli ham uni yaxshi koʻrar, lekin tan oldi deguncha yigʻlagisi kelardi. Keyin ular sinfda xatlashishni boshlashdi. Guli bazan telfonni ololsa gaplashishar, ammo sinfda faqat xatlarda edi. Shu bn ular sukunatdagi yashirin Layli va Majnunga aylanishdi.Layli va Majnun. Ular bir- birlarini juda qattiq sevib qolishdi, Guliraʼno ham endi u bilan gaplashish uchun sharoit qidiradigan, uni sogʻinadigan boʻldi. Lekin ularni hech kim sezmadi toki oʻsha kungi "Rost gapir" oʻyinigacha. Sinfda baʼzida shunday oʻyin boʻlardi, yigʻilib, partalar birlashtirilar, baklashka aylantirib, istalgan savol soʻralardi, hech kim yolgʻon gapirmasdi. Chunki bolalar oʻrtaga Ota- Onani qoʻyishar, 9-sinf bu sinf esa faqat shuning uchun rost gapirardi. Shunday oʻyinlarda Guli bn Sarvar ham tasodifan qoʻlga tushishdi, Guliga hech baklashka tushmadi, u xursand edi, lekin Sarvarga takror va takror savol berildi, savollar oxiri esa "Hamma sinfdoshlar choʻkyapti, sening imkoning bitta qiz sinfdoshni qutqarishga yetadi, sen kimni qutqarding?", degan savol boʻldi. Sarvar Guliga bir qaradida, dunyodagi eng goʻzal gulni - Guliʼranoni deya javob berdi. Hamma hayratda ogʻzini ochib qoldi. Guli ham sinfdagi hurmatini yoʻqotishdan qoʻrqib buni sir tutishlarini, koʻpchilik bilsa gap koʻpayib ketishini bilardi. Lekin ular qoʻlga tushdi, ochiqdan ochiq qilingan sevgi izhorga Guli birinchi marta indamadi, yuzi qizarib oʻtirdi, savollar aylandi va savol navbati Guliga tushdi. Va Guliga ham Sarvarga berilgan ayni savol berildi, Guli biroz oʻylandi hamma u Umar deb javob berishini kutdi, ammo u Sarvar dedi, ha Guli taqdirga tan berdi va tan oldi. Ana haqiqiy hayrat endi boshlangandi. Mahmud ishi chiqib qolganini aytib ketdi, Mohir tashqariga chiqib kelay dedi, Umar oʻrnida jim qoldi, qizlar shov- shuv qilib yuborishdi, sinf gʻalati ahvolda edi. Shu bn Guli ham uyga ketdi, Sarvar bn hatto xayrlashmadi. Uyga kelgach Guliraʼno bir tarafdan yengillik, ikkinchi tarafdan nimanidir yoʻqotganlikni sezdi. Ha, u yoʻqotdi, lekin sevgim uchun deb oʻziga taskin berdi. Ertasiga yakshanba edi. Gulining uydagilari ishga ketdi, uning zimmasida butun hovli qoldi. Qoʻliga supurgi oldi va bir boshdan boshladi. Guli koʻp qizlar kabi qoʻshiq eshitib ish qilishni yoqtirardi, u baland qilib ashulani qoʻydi va ishga shoʻngʻib ketdi. Bir payt telefon jiringlab qoldi. Guli sekin borib koʻtardi va juda shirin suhbat boshlandi, Guli buni hech qachon esdan chiqarmagan.


#Davomi_bor...
1.8K views𝐖𝐨𝐨𝐥𝐝𝐫𝐞𝐚𝐦, 13:53
Ochish/sharhlash
2022-12-26 16:53:20 𝑶𝑸𝑸𝑼𝑺𝑯 𝑯𝑰𝑲𝑶𝒀𝑨𝑺𝑰...

[4-𝑸𝑰𝑺𝑴]


Gulini nega hech kim uygʻotmadi, tez oʻrnidan turdi, qarasa hamma uxlab yotibdi, demak kech kelishgan, ukasini uygʻotdi, ammo ukasi maktabga bormasligini aytdi. Nazira opa-Gulini oyisi turib chiqdi, Guli tez ovqatlandi, kiyindi, oyisi bn xayrlashayotganda Nazira opa Gulini qoʻli qizarib ketganini koʻrib qoʻrqib ketdi, Guli : kecha kuygandi, onajon havotir olmang yaxshiman, deya maktabga ketdi, sinfga kirdi, qoʻlini sumka bn bekitdi. Ustoz nega kech qolganini soʻradi, Guli juda uyaldi,yolgʻon gapirgisi kelmay jim turgandi 1-partada oʻtirgan Madina qoʻlingga nima qildi, deb baqirib yubordi. Ustoz qoʻlini koʻrsatishni va nima qilganini soʻradi. Guli kuydirib olganini lekin hozir yaxshiligini aytdi. Ustozlar Gulini yaxshi koʻrishardi, shuning uchun uni med kabinetga olib borishdi, qoʻliga maz surtib boylashdi. Qoʻngʻiroq chalinib, 3-soat tugagandi. Guli sinfga kirdi, dugonasi quchoqlab oldi, nima boʻlganini soʻradi, sinfdoshlari hammasi hol soʻrab, hazillashib Gulini koʻnglini koʻtardi. Faqat 5 inson bundan mustasno, Gulini qalbiga birinchi kirgan Umar, yarashgan boʻlsa ham uncha gaplashmayotgan Mahmud, doʻst boʻlib qolish taklif etilgan Mohir, pinhona sevuvchi Karim va oʻzini aybdordek his qilayotgan Sarvar. Ularning hammasi Gulidan havotir oldi, undan hol soʻramoqchi boʻldi, lekin uddalay olishmadi. Faqat koʻzlaridan ogʻriq va gʻamni uqish mumkin edi. Guli buni sezdi va indamadi. Oʻng qoʻl kuygani uchun Guli hech narsa yoza olmadi, ammo adabiyot darsida u hammani hayron qoldirdi, Guli olimpiadachi boʻlgani uchun ustoz unga manolog yodlashni bergandi, ustoz bugun qoʻy oʻtiraqol deyishiga qaramay, yodlaganini va qoʻli bunga xalaqit bermasligini aytdi. Topshiriq esa oʻlayotgan Julyetta manologi edi. Guli ikki qator boshlanish bn hammani oʻziga maftun etdi, u davom etdi, jon berish sahnasi yaqinlashgach Guliraʼno yigʻlab yubordi va manologni tugatdi. Hamma qarsak chaldi, ustoz esa Guliga 1-oʻrinni berdi va kelajagi buyuk ekanligini taʼkidladi. Guli oʻtirdi, lekin yigʻidan toʻxtolmadi, qoʻli ogʻriyotganini bahona qilib, tashqariga chiqdi, karidor oxiriga bordiyu, ogʻzini yopgancha rossa yigʻladi, oʻzidan nafratlandi birgina HA javobi uchun. U toʻxtamadi, vaqt oʻtganini ham bilmadi, bir vaqt orqadan dugonasi Goʻzal keldi, Guli uni quchoqlab, ichidagilarni aytdi. Goʻzal esa kuldi. Ha u kuldi va : Shunga shunchami, eh dugonajonim sani aqlli qiz desak, gʻirt jinni qiz ekansan, dedi. Shunday qilib u Gulini tinchlantirdi. Hamma tan oladigan Gulidagi goʻzallik uning koʻzlarida edi. Guliraʼnoning koʻzlari shu qadar goʻzal ediki, bir chiroyli qarash qilsa tamom edi, ishoning. Buni hamma bilardi, bu koʻzlar hammani rom etgandi, sevgani bir sinfdoshlariga Gulining koʻzi tushib qolsa, sinfdoshlari: Iltimos bizga unday qarama, diyishardi. Xullas Guli oʻsha kuni toʻyib yigʻladi, koʻzlari ham shishib ketdi va sinfga kirdi. Uni hech kim oldin yigʻlagan ahvolda koʻrmagandi, hech kim indamadi. Guli joyiga oʻtirdi, oldiga sinfdosh dugonasi Sarvinoz keldi va bir gap aytaman faqat hech kim bilmasin, dedi. Guli gapir degandek imo qildi, Sarvinoz esa osmon tushgandek gaplarni aytdi: Sani qizla Mahmud bn yarashmoqchi boʻp yuribti, uni oʻziga qaytarmoqchi, unga osilvotti deb etishvotti dedi. Guli battar jahli chiqdi, dars boshlanib qoldi, Sarvar Guliga yaqin edi, unga tikilib oʻtirdi. Guli esa jahl otiga mingan ha darsni tugatdi. Dars tugadi, ustoz chiqib ketdi, endi Samandar chiqib ketayotganida, Guli ovozini koʻtarib gapirdi: Samandar eshikni yop, sinfdoshlarga ikki ogʻiz gapim bor. Samandar eshikni yopdi va hamma Guliga eʼtibor qaratdi. Guli ovozida ham yigʻi, ham jahl, ham titroq ovozda: Sinfdoshlar, nega nima qildim man. Sinfdosh bolalar bn gaplashmasdim, gaplash deb oʻzingiz undadingiz, Mahmud bn yarash deb oʻzingiz undadingiz. Endi nega orqamdan bunday rasvo gaplar chiqaryapsiz, sizga nima qildim, dediyu qoʻllari bn yuzini berkitib yigʻlab yubordi. Hamma nima qilishni bilmay qoldi, yigitlar kim nima gap chiqardi deb baqirib tashlashdi qizlarga.

#Davomi_bor...
602 views𝐖𝐨𝐨𝐥𝐝𝐫𝐞𝐚𝐦, 13:53
Ochish/sharhlash
2022-12-26 16:04:26
#Цитаты сторис

(Reaksiya qoldirishni unutmang... )

@Qalb_iffaati 2-kanalim
603 views𝐖𝐨𝐨𝐥𝐝𝐫𝐞𝐚𝐦, edited  13:04
Ochish/sharhlash
2022-12-26 13:42:58
Singlim

(Reaksiya bosish esdan chiqmasin )

@Moon_light_video
449 views𝐖𝐨𝐨𝐥𝐝𝐫𝐞𝐚𝐦, edited  10:42
Ochish/sharhlash
2022-12-26 12:38:49
Qorrrr

(Reaksiya bosish esdan chiqmasin )

@Moon_light_video
471 views𝐖𝐨𝐨𝐥𝐝𝐫𝐞𝐚𝐦, edited  09:38
Ochish/sharhlash