Get Mystery Box with random crypto!

𝑶𝑸𝑸𝑼𝑺𝑯 𝑯𝑰𝑲𝑶𝒀𝑨𝑺𝑰... [10-𝑸𝑰𝑺𝑴] Guli haqiqatdan h | Moon_light__❤️

𝑶𝑸𝑸𝑼𝑺𝑯 𝑯𝑰𝑲𝑶𝒀𝑨𝑺𝑰...

[10-𝑸𝑰𝑺𝑴]

Guli haqiqatdan ham tamom
boʻldi. Gul misoli soʻlib qoldi. Yuzi tabassum qilishga majbur, ammo qalbi ogʻriqdan larzaga kelardi. U shu sabab kuchli boʻla boshladi, lekin uni yana sindirishdi. Oʻzi orzu qilgan kollejga kirmoqchi edi, dadasi uzoq ekanligini bir marta aytdiyu, uyi yaqinidagi oddiy kollejga topshirtirdi, Guli maktabni qizil bn bitirgandi, uni shunday qabul qilishdi. Orzusi yurist boʻlishni xohlagan qiz oddiy tikuvchi sifatida oʻqiy boshladi. U yana kuchli boʻlishi kerak edi, axir yangi kursdoshlar. Tikuvchilik boʻlgani sabab guruhida birorta oʻgʻil bola yoʻq edi, lekin kollejda qizlar 4ta gruppa, oʻgʻil bolalar 20tadan koʻp gruppa edi. Shunday qilib 1 oydan keyin Guli kollejda ham tanildi, uni starsta qilishdi, bayramlarda olib boruvchilik yana unga topshirildi, zakovat oʻyinlari malikasiga aylandi. Albatta kollejning 1-kurs bu oʻquvchisiga yana sevgi izhorlar kela boshladi. Guli oʻzgargandi, u endi hech kimga ishonmay qolgandi, kollejda ham hali dugona orttirmagandi, oʻzini juda kuchli koʻrsatardi. Ammo har tun Guli bu niqobni yechar, tonggacha yigʻlab chiqardi. Guli juda charchagandi. Kunlar shunday oʻtdi, Guliraʼnoni butun kollej tanib oldi. 1-oktabrda sinfdoshlar yigʻiladigan boʻlib, Goʻzal Guliniyam chaqirdi, Guli bordi uydan ruxsat olmadi, kollejdan ertaroq ruxsat soʻrab chiqdiyu tavakkal deb bordi. Borsa deyarli hamma oʻsha yerda Sarvar ham, hamma bn salomlashib, Sarvarga hatto qaramadi. Ular gul va tort olib maktabga ketishayotgandi, Sarvar Gulini chaqirdi, Guli boshida xohlamadi ammo yuragi yana ustunlik qilib, orqaroqda Sarvar bn ketdi, ular gaplashishdi, Sarvar yana Gulini qalbini zabt etdi, ular yana gaplashishdi. Lekin Sarvar oʻzgargandi, Gulidan qochadigan boʻldi. Yana ajralishdi. Yangi yil, yana yarashishdi va yana ajralishdi. Sarvar aynan yangi yil kuni Gulini rosa yigʻlatib, yana tashlab ketdi. Gulini tugʻilgan kuni. Sarvar ayiqcha bn keldi va Gulidan kechirim soʻrab yarashishdi. Lekin Sarvar mutlaqo boshqa odam boʻlib qolgandi, Gulidan koʻp narsa talab qiladigan boʻlib qoldi, Gulining shirin soʻzlari uning uchun eski ertakdek boʻlib tuyilardi, Sarvar bilan urshib yarashib yurishdi. Oxiri Sarvar hayotidagi eng katta xatoni qildi. Bu Gulining bir umrlik nafrati uchun yetarli birgina istak boʻldi. Guli ana endi haqiqiy tirik murdaga aylangandi. Sarvar Gulidan tanasi rasmini soʻradi. Guli tamom boʻldi. Endi u avvalgi Guliraʼno boʻlmay qoldi. Guli hayotini butkul boshidan yangicha uslubda boshladi, qalbi nafratga toʻlib qolgan bu qizning yuragi boshqa urmay qoʻydi, atrofda Gulini sevuvchilar shu qadar koʻp ediki, Guli birini tanlashga qaror qildi, ammo bu tanlov qarori emas, balki alamidan chiqish qarori edi. U ham koʻngil bilan oʻynashishni xohladi.
Lekin buni eplay olarmikan

#Davomi_bor...