Get Mystery Box with random crypto!

#Mutolaadan Atrofni o'rab olgan hushbo'y bahiy quchog'i Malak | Mood Utopia🍃

#Mutolaadan

Atrofni o'rab olgan hushbo'y bahiy quchog'i
Malaklar bilan birga Jabroil kelgan chog'i
Ta'sis bo'ldi u yerda buyuk irfon o'chogi
Bir yonda shonli Badr, bir yonda Uhud tog'i
Qarorgohi Nabiydir Madinaning tubrog'i
Ko'ngil u yerda topur shifoni har dardiga
U yerdan yo'l topilur Rabbimning Jannatiga
Ming salom, Ming mahiyya u shaharning ahliga
Xohlang "Yasrib" deysizmi Xohlang go'zal "Madina"
Tanlangandir yurt deya Habibi adibiga
Nur gulidir sahrosi, nurdir yashil qubbasi
Malaklarga o'rnakdir ham Hazraj hamda Avsi
Abu Bakri, Umari, Zaynabi va Oishasi
Bir o'lkaki, masjidi - go'zal Jannat bog'chasi
O'sha yerdan yuksaldi jahonga Azon sasi

Saodat Asri Qissalari II bob
(Hijrat Yurtida Zafarlar)